A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Moiiyaviy menejmentda arbitraj


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Moiiyaviy menejmentda arbitraj — bir xil aktivlarga turli 
baholardan foydalanish yo'li bilan tavakkalchiliksiz daromad olish 
tushuniladi. Arbitraj keng tarqalgan investitsion taktika hisoblanadi 
va bir davming o'zida bir xil aktivlarni (yoki uning funktsional 
ekvivalentini) nisbatan yuqori baholarda sotish va nisbatan past 
narxlarda sotib olishdan iborat. 
212 


Diversifikatsiya - (lot. diversus - har xil va facere qilmoq, 
bajarmoq) - ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot 
va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va 
korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar 
ko'paytirish. 
Diversifikatsiya strategiyasi - korxona faoliyatini mavjud 
mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish 
strategiyasi. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab 
chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yetakchi za-
monaviy yo'nalishlari dan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni 
bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo'lgan 
raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi -
korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo'shma 
korxonalar tuzish, korxonalarni sotib olish va b. 
Dividend - aksionerlik jamiyati sof foydasidan aksiya egalariga 
to'lanadigan qismi. Aksionerlarga naqd pul yoki aksiyalar bilan 
to'lanadi. 
Iqtisodiy nochor korxonalar - muayyan miqdorda kapital 
yo'qotish, ishlab chiqarish maydonlarining qisqarishi, ishsizlar 
sonining ortishi, raqobatbardosh bo'lmagan mahsulot ishlab 
chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, 
xomashyo, yonilg'i, mehnat resurslari sarflaydigan samarasiz 
korxona. 
Investitsion kreditlar - ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik 
va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va 
213 


rekonstruktsiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur 
bo'lgan vositalar hamda qimmatli qog'ozlarni sotib olish maqsadida 
olingan uzoq muddatli kreditlar. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling