A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Favvorali quduqlarning asbob-uskunalari


Download 6.89 Mb.
bet139/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Favvorali quduqlarning asbob-uskunalari - neft va gaz qudug‘ining favvoralanishini ogohlantirishga va quduq og‘zini germetiklashtirishga mo‘ljallangan moslamalar majmui. Bu asbob-uskunalarga manifold, shtutser, favvora armaturasi va boshqalar kiradi. bu moslama yordamida favvora quduqlari nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytlarda esa favvoralar bekitiladi.
Flanes -quvur, armatura, rezervuar, vallar va boshqalarning birlashtiruvchi qismi; odatda, boltlar yoki shpilkalar o‗tkazish uchun bir tekisda joylashgan teshiklari bo‗lgan yassi halqa yoki diskdan iborat bo‗ladi. Quvur va rezervuarlarda zichlagichli flanets ichki bo‗shliqlarning germetikligini, val va aylanuvchi detallarda esa kuch uzatishdagi mustahkamligini ta‘minlaydi.
Fluidlar -gazsimon yoki suyuq harakatchan eritma tushunchasini anglatadi.
Favvora usuli bilan neft va gaz olish -neftni yuqoriga chiqarish qatlam energiyasi evaziga yoki sarflangan qatlam energiyasini tashqaridan to‗ldirish hisobiga amalga oshirishga mo‗ljallangan usul.
gaz do’ppisi -neftli qatlamning yuqori joyida neft tarkibidagi gazning yig‘ilishi.
gaz-suv chegarasi-gaz uyumlarida gaz bilan suvning ajralish chegarasi. u gorizontal yoki qiya bo‘lishi mumkin.
gaz omili- tabiiy gazning 1 t yoki 1 m3 neftga to‘g‘ri keladigan miqdori (m3 da). katta gaz omili 1000-2000 m3/t (1 t neftga 1000-2000 m3 gaz to‘g‘ri keladi) va undan ham katta sonlar bilan harakterlanadi. Ko‘pchilik vaqtlarda gaz omili 100-200 m3/t kattalikka ega.
Gaz kondensati - yer ostida gazsimon holatda bo‘lgan, sovutganda va bosimni atmosfera bosimgacha pasaytirganda esa suyuq (kondensat) va gaz holatga ajraladigan, oson qaynaydigan neft uglevodorodlarining tabiiy aralashmasi. Gaz kondensati qatlamlari yuqori sifatli suyuq yonilg‘i konlarining muhim sanoat turi hisoblanadi.
Gaz-neft chegarasi – konda neft va gazlarini bir-biridan ajratib turadigan
yuza.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling