Bufer bosim - quduqdan neft va gaz yoki suv otilib chiqayotganda uning yer yuzasi bilan kesishgan nuqtasidagi dinamik bosim.
Bosim gradienti -masofaning uzunlik birligiga (m, km) nisbatan olingan bosimining pasayishi.
Bosim depressiyasi - qatlam bosimi va quduq tubidagi bosim o‘rtasidagi
farq.
Dinamik bosim-harakatdagi suyuqlik zarrachasining hajm birligidagi kinetik
energiyasini ifodalovchi tushuncha.
Debit- quduqlar ma‘lum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik yoki gaz hajmi. suyuqlik uchun debit sekundiga litr, kecha kunduzga litr yoki saotiga kub metrlarda o‘lchanadi.
Dinamik sath-yer osti suvlarni quduqdan chiqarilganda pasaygan yoki suvli qatlamga bosim bilan yuborilganda ko‘tarilgan yuza. U mutloq belgilar yoki qudug‘i og‘zidan shu yuzagacha bo‘lgan chuqurlik bilan aniqlanadi.
Darsi qonuni - g‘ovaksimon muhitda suyuqlik sizilish tezligining bosim gradientiga chiziqli bog‘liqligini ifodalovchi qonuni.
Elektr dvigatel - elektr energiyasini mexanik energiyada aylantiruvchi mashina. Tok turiga qarab u o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok dvigateliga bo‘linadi.
Ekspluatatsion (ishlatish) quvurlar birikmasi - neft va gaz qudug‘i devorini tashkil qiluvchi tzma
Foydali ish koeffitsienti-biror texnik qurilmaning unda energiya uzatish jarayonlarini amalga oshirishning yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylanishining takomillashganlik darajasini xarakterlaydigan o‘lchamsiz kattalik.
Favvora armatura-favvoralanayotgan qudug‘i og‘ziga joylashtirilgan, yuqori bosimda germatik holatni, liftli quvur birikmasi ilmog‘ini, mahsulot oqimini o‘tkazgich quvurlarga yetkazib berishni, qatlamlarning bir, me‘yorda ishlashini ta‘minlaydigan moslama. Favvoral armatura moslamasi yuqori bosimga chidamli qilib yasaladi. shuning uchun bu moslama liftli quvurlardagi va quduqdan chiqayotgan mahsulotlardagi bosimlarni olchash va quduqni o‘zlashtirish jarayonida gazlarni chiqarish yoki yopishga imkon beradi. Bular yordamida favvora quduqlar nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytda esa favvora berkitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |