A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Gazlift - siqilgan havo yoki tabiiy gaz yordamida suyuqlikni quduqdan ko‘taradigan qurilma. Gilli ohaktoshlar


Download 6.89 Mb.
bet140/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gazlift - siqilgan havo yoki tabiiy gaz yordamida suyuqlikni quduqdan
ko‘taradigan qurilma.
Gilli ohaktoshlar-cho‘kindi jins. tarkibiga oz miqdorda gil aralashgan ohaktosh.
Gidrodinamik qarshilik - suyuqlikning jism harakatiga yoki quvur devorining oqayotgan suyuqlikka qarshiligi.
Gidroporshenli nasos qurilmasi-chuqurlik nasos plunjerining orqaga qaytadigan va olg‘a intiladigan harakati hisobiga qudug‘idan eritmalarni yer yuziga ko‘tarish uchun qo‘llaniladigan qurilmalar majmui. Bunday harakatlar chuqurlik porshenli dvigateli yordamida amalga oshiriladi.
Harorat gradienti-yer po‘stining chuqurligi bo‘yicha har 33 metrda haroratning 10 ga oshishi.
Izobar xaritasi -teng bosimli nuqtalarni birlashtirib xarita tuzishga asoslangan.
Izobarlar-har xil xarita va diagrammalarda bir xil bosimni birlashtiruvchi chiziqlar.
Indikator-biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan ob‘ektning holatini aks ettiruvchi asbob.
Indikator diagrammasi-quduqning qazib olish ko‘rsatkichini turli diametrdagi shtutserlar bilan hosil qilinadigan bosimlar farqiga bogliqlik grafigi .
Jelonka - Jelonka pastki qismida shtokka tayanib ochiladigan, shtokli klapin bilan jixozlangan, uzunligi sakkiz metr bo‘lgan quvurdan tayyorlanadi. Jelonka yuqori qismida arqonni biriktirish uchun tutqich ko‘zda tutiladi. Jelonka diyametri mustahkamlovchi quvur diyametrining 0,7 dan katta bo‘lmaydi. Jelonka bir marta tushib chiqqanda 0,06 m3 gacha suyuqlikni olib chiqadi.
Kritik bosim-har bir moddaning xususiy kritik bosimi. ma‘lum kritik bosim moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Masalan, suvning kritik bosimi 218,3 atm. Kritik bosimdan past bosimdagi sistema ikki muvozanat faza (suyuqlik bug‘) ga ajraladi. Lekin kritik bosimda suyuqlik bilan bug‘ orasidagi farq yo‘qoladi, ya‘ni fazali holatga o‘tadi.
Kabel -germetik izalyatsiyalangan bir yoki bir necha sim eshimi. elektr energiyasi uzatiladigan kuch kabeli, aloqa kabeli va radio chastota kabeli bo‘ladi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling