Neft qatlamiga suv haydash -neft qatlamlariga maxsus haydovchi quduqlari yordamida suv haydab neftli qatlamlardan neft olish miqdorini oshirish jarayoni. Qatlam bosimini bir xil saqlab turish uchun sun‘iy ravishda suv xaydash (chegara toshqarisiga suv haydash, chegara bo‘ylab suv haydash, chegara ichra suv haydash) usullaridan foydalaniladi.
Neft olishning ikkilamchi usulii-konlarni dastlab, ishlatish bosqichida qatlam energiyasining kamayishi natijasida qatlamda qolgan qoldiq neftni chiqarib olish chora-tadbirlari.
Neft-suv chegarasi- neft va suvni bir-biridan ajratib turadigan yuza.
Neft qudug’ining debiti- quduqdan vaqt birligida olinayotgan neft hajmi. u l/s yoki m3/soat, m3/sutka da hisoblanadi.
Neftni gazsizlantirish-qazib olinayotgan neft tarkibidan erigan uglevodorodlar (metan, etan, propan, serоvodorod, azot korbonat angidrid gazi)ni ajratish jarayoni.
Neft beraoluvchanlik koeffitsienti-qatlamning ishlash rejimiga, kollektorlarning litologik-fizik xossasiga, neft xossasiga, qazib olish sharoitiga qarab aniqlashga asoslangan koyeffitsient.
Nasos-kompressor quvurlari - mahsuldor qatlamlardan neft va gazlarni chiqarib olishga mo‗ljallangan quvurlar.
Nasos agregatlari - so‗rish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi va boshqalar majmui.
Nasos qurilmalari - nasos, nasosni harakatlantiruvchi manbalar majmui.
Nippel - ikki uchi rezbali kalta quvur. Quvurlarini biriktirishda ishlatiladi.
Ohaktoshlar-organik va kimyoviy cho‘kindi jinslar. Bular dengizda yashovchi kal‘tsiyli organizm va o‘simlik qoldiqlaridan paydo bo‘lgan. ohaktoshning kimyoviy tarkibida CaO 56%, SO2 44% bo‘ladi. Rangi oqish, sarg‘ish, bo‘zrang. ohaktoshlarning tarkibida chaqiq jins zarrachalari, autigen, diagenetik va epigenetik minerallar uchrashi mumkin.
Osma-chig’ir (tal) bloki - tal sistemasining harakatlanuvchi qismi bo‘lib, kranblok bilan po‘lat arqonlar yordamida bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |