A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Nazorat savollari.Quduq tubi atrofiga ta‘sir etish maqsadi nimadan iborat? Quduq tubi atrofiga ta‘sir etishning qanday usullarini bilasiz? Tuz kislotali ishlov berish qanday holatlarda qo‘llaniladi? Tuz kislotali ishlov berish usullari. Tuz kislotali ishlov berishda, kislota eritmasiga qanday qo‘shimchalar qo‘shiladi? Kislota eritmasi samarali konsentratsiyasi va miqdori qancha bo‘ladi? Kislota eritmasi ishlov berishda qancha vaqt quduqda ushlanadi? 8.Konsentrasiya va 1 metr qalinlikka ishlov berish miqdori nimaga asoslanib aniqlanadi? Tuz kislotali ishlov berishda ohaktosh va dolomit bilan reaksiyasi qanday kechadi? Issiq kislotali ishlov berish qanday holatlarda qo‘llaniladi? Issiq kislotali ishlov berishda reaksiya qanday kechadi? 12 Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta‘sir etish usullari. 13.Qatlamni gidravlik yorish usullari haqida gapirib bering. 14.Qatlamni gidravlik yorish bosimi qanday aniqlanadi? bob bо‘yicha xulosalarBu bobda quduq tubi atrofiga ta‘sir etish usullari, tuz kislotali ishlov berish, issiq kislotali ishlov berish, issiqlik usullarida ishlov berish, qatlamni gidravlik yorish va torpedalash texnologiyalari haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. bob. Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish 7.1.Quduqni tadqiq qilish usullari va maqsadiQuduqda gidrodinamik va termodinamik tadqiqot etish, boshqa maxsus tadqiqotlar (gidrokimyoviy, geofizik) asosida qatlamning sizish ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun chuqurlik o‘lchov ishlari o‘tkazishdir. Alohida quduq yoki quduqlar guruhida tadqiqot ishlarini olib borishdan olingan natija, qatlam va qatlam tizimini tadqiqotlashning umumiy kartinasini tashkil etadi. Bu degani quduqni tadqiqot etish qatlamni tadqiq etishning omili hisoblanadi. Kon tadqiqot natijalarini ishlov berishda olingan sizish ko‘rsatkichlari neft qazib olish texnologiyasi, ishlash va zahirani hisoblash masalalarini yechishda qo‘llaniladi. Tadqiqot qilishning eng asosiy turlaridan bo‘lgan gidrodinamik va termodinamik usullaridan eng birinchi rivojlana boshlagan usuli gidrodinamik usuli hisoblanadi. Kon tadqiqot ishlari quduqning muayyan rejimida ishlashida yoki muayyan oqimda ham, xuddi shu kabi nomuayyan oqimda (to‘xtatilgandan keyin, qo‘shish vaqti yoki rejimni o‘zgarishida) ham bir xil o‘tkaziladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling