(7.32.)
Fn(ρ) – tarkibida tabiiy gaz mavjud bo‗lgan neft uchun qatlamning nisbiy o‗tkazuvchanligi.
μn(ρ); ωn(ρ) – bosimga bog‗liq holda qatlamdagi neft qovushqoqligi va hajmiy koeffitsienti.
Diagrammaning to‗g‗ri chiziqli qismi bo‗yicha aniqlanadigan η’ koeffitsienti mahsuldorlik koeffitsientining (bir fazali oqimda) analogi hisoblanadi va quyidagi bog‗liqlikka ega:
η’ = Kμnωn(Pto‘y) (7.33.)
ΔP qiymat laboratoriya natijalarida bosim ostidagi neftning xosslari (μn, ωn va gazning neftda eriganligi C) va tadqiqot ishlari davomida aniqlangan Pqt, Pq, G gaz faktori, bosim Pqt < Pto‘y bo‗lganda quduqning har bir rejimi uchun hisoblanadi.
Agar quduqda bir nechta qatlamlar ishlatilayotgan, yagona filtr bilan ochilgan bo‗lsa, unda quduqni bir vaqtning o‗zida chuqurlik debitometr (sarf o‗lchash) va manometri bilan tadqiqot qilish kerak.
Misol tariqasida 7.9-rasmda quduq rejimlaridan birining chuqurlik debitometri yordamida aniqlangan qatlam kesimi bo‗yicha quduqda suyuqlik oqimi keltirilgan.
7.9–rasm. Karotaj diagrammasi (a) kesimi va oqimi profili (b) rejimlardan birida olingan chuqurlik debitometri ma‘lumoti bo‗yicha
Quduqlarni barqarorlashmagan rejimda tadqiqot qilish (quduq tubida bosimning egri tiklanishi)
Qatlam parametrlari va quduqlarni bu uslubda tadqiqot qilish – quduqni to‗xtatilgach yoki ishga tushirilgach qatlamdagi bosimni tiklanish jarayoni o‗rganishga asoslangan.
Bosim tiklanish (tushish) usuli bilan favvora, chuqurlik nasosi (MQCHEN yoki SHCHN), davriy ishlatilayotgan, p‘ezometrik hamda haydovchi quduqlar tadqiqot qilinishi mumkin. Bosim o‗zgarishi bevosita quduq tubida o‗zgartirilayotgan rejim bo‗yicha kuzatib boriladi. Quduq yopishgach (ustki qismida) neft oqimini qayd qilib borish uchun quduq ustida quvur (trubniy) va quvur orti (zatrubniy) qismlaridagi bosim o‗zgarishi kuzatib boriladi.
To‗xtatilgan quduq tubida bosim o‗zgarishining aniqligini (yoki debitning o‗zgarishini) quduq tubi zonasida (tabiiy gaz mavjud bo‗lmaganda) quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Bu erda ∆q – quduq debitining qatlam sharoitida o‗zgarishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |