A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Shtangali chuqurlik nasosi qurilmasini murakkab sharoitlarda ishlatish


Download 6.89 Mb.
bet94/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Shtangali chuqurlik nasosi qurilmasini murakkab sharoitlarda ishlatish


Juda ko‘p shtangali chuqurliknasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduqlar quyida keltirilgan murakkab sharoitlarda ishlatiladi:
qatlamdan quduqqa suyuqlik bilan ko‘p miqdorda gaz ham kirib keladi; qatlamdan qumning qo‘shilib kelishi;
nasos va quvurda devorida paraffin qotishi kuzatiladi; quduq qiyaligi.
Ko‘p sonli tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan texnologik yechim va himoya vositalaridan foydalanib bunday quduqlarni normal ishini ta‘minlash munkin.
Mahsuloti tarkibida qum yoki gazi bo‘lgan quduqni ishlatishda nosozlik va murakkablikla ko‘proq uchraydi.
Chuqurlik nasos qurilmasini ishlatishga gazning zararli ta‘sirini bartaraf etishning texnologik yechimlari:
-zararli muhiti kamaytirilgan chuqurlik nasoslaridan foydalanish;
-plunjer yurish uzunligini uzaytirish;
-quduqdagi suyuqlik sathiga nasosni chuquriroq botirilish;
-quduqning quvur orti qismidan gazni chiqarish.
Qatlamdan neft bilan kelayotgan qum quduq tubida qum tiqini hosil qilib, buning ta‘sirida neftning quduqqa oqib kirish kamayadi yo‘ki butunlay to‘xtaydi. Nasos ishlayotgan vaqtda qum suyuqlik bilan tushib, uning qismlarini muddatidan oldin yemiradi, plunjer va silindir orasiga kirib harakatlanishini to‘xtatib qo‘yadi.
Nasosni qumning zararli ta‘siridan himoya qiluvchi asosiy tadbirlar:
-quduqdan suyuqlik qazib olishni meyyorlash;
-maxsus turdagi plunjerli(ariqchali, ―qum-qirgich‖li) nasoslarni qo‘llash;
-nasos orqali o‘tayotgan suyuqlik oqimi tarkibidagi qum konsentraisiyasin kamaytirish uchun neft oqimini quduqning quvur ortki qismiga yo‘naltiriladi va bu oqimning oqim tezligini oshiriladi;
-quvur simon shtangadan foydalaniladi.
Nasos qabulidagi himoya moslamalari. Chuqurlik nasosining ishiga gaz va qumning zararli ta‘sirini kamaytiruvchi barcha rejim va texnologik tavsifga ega
bo‘lgan tadbirlarga, qo‘shimcha tarzda nasosning qabul qismiga gaz va qum yakori yoki gazqum yakori kabi himoya vositasidan foydalaniladi.
11.26-rasmda oddiy birkorpusli gaz yakori sxemasi keltirilgan. Bu yakor konsentrik joylashtirilgan ikki quvurdan tuzilgan bo‘lib, bir biri bilan yuqorisidan o‘tkazgih 1 bilan mahkamlangan. Bu o‘tkazgich bilan yakor nasos kompressor quvurining pastki muftasiga mahkamlanadi. Yakor korpusi deb nomlanuvchi tashqi quvurda 3 12 ta A teshik hosil qilingan. Korpus pastki qismi tiqin 4 bilan yopilgan.

11.26-rasm.Bir korpusli gaz yakori YaG-1
Neft gaz bilan yakorga A teshikdan kirib, 2 va 3 quvurlar orasidan yakor pastga tushadi; bu yerda aralashma oqim yo‘nalishini o‘zgartirib quvur 2 orqali nasosga kiradi. Gaz oqimi yo‘nalishi o‘zgarishi hisobiga neftdan ajralib yakor korpusi yuqorisidagi teshikdan quvur ortiga chiqib ketadi. Oqim yo‘nalishi o‘zgarishi ko‘p bo‘lgan yakorda neftdan gazni ajralishini yaxshi kechadi. Shuning ushun gaz yakorini ikki seksiyali, ayrim holatda to‘rt seksiyali qilib tayyorlanadi.

11.27-rasm. Gaz yakor-zondi.
11.27-rasmda boshqa konstruksiyadagi gaz yakori -yakor-zont keltirilgan. Bu gaz yakorining farq qiladigan tomonim ishlatuvchi quvurlar tizmasi va yakor korpisini ajratuvchi neftga bardoshli rezinadan tayyorlangan manjetining borligi.
Yakor-zont diametri 42, 48 va 73 mm li quvurdan tayyorlangan korpus 3, diametri 18 mm li so‘ruvchi quvur 4, diametri 12 mm li quvursimon uchburchak 5 (syuqlik bu orqali nasos qabuliga kiradi), zichlovchi manjet 6, yakor korpusidagi neftgaz aralashmasidan haydash chizigini ajratuvchi shayba 2 dan tashkil topgan bo‘ladi.
Yakor korpus yiqorisida gazni quvur ortiga yo‘naltiruvchi A teshik mavjud.
Korpus yuqori qismiga nasos quvuri muftasi 1 payvandlangan. Yakor bu mufti bilan NKQga mahkamlanadi.
Yakor-zond quyidagi ketma-ketlikda ishlaydi. Neftgaz aralashmasi yakor korpusiga kirib A teshk orqali quvurlar oralig‘iga tushadi. Neftgaz aralashmasining oqim yo‘nalishining (180o) o‘zgarishi hisobiga neftdan ajralgan gaz yuqoriga, neft esa B teshik orqali nasoning qabuliga kiradi.
Yakor-zond boshqa yakorlarga nisbatan gazni ajratishi yaxshiroq.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yakorlardan tashqari ko‘pkorpusli, quvurli, cho‘kma, zontsimon va boshqa turlari ham mavjud.
Qum yakorlari ishlash prinspi o‘xshash bo‘lsada turli konstruksyali bo‘ladi.Samarali ishlaydigan qum yakorining sxemasi 11.28-rasmda keltirilgan.

11.28-rasm.Qum yakori.
a-yakor; b-ichki quvur uchidagi nasadka.
1-o‘tkazgich; 2-ichki quvur; 3-korpus; bir tomoni yopiq mufti.
Uning ishlash prinsipi quyidagicha. Suyuqlik qum bilan quduqdan diametri kichik quvur orqali yakor korpusiga kiradi. Bunda oqim tezligi tezda pasayadi va yonalish 180o ga o‘zgaradi. Buning ta‘sirida qum korpus pastga cho‘kadi, qumdan tozalangan suyuqlik nasosga kiradi. Korpust qumga to‘lganda yuqoriga chiqarib tozalab, yana qayta tushirlib ishlatiladi. Qum cho‘ntagi uzunligi shunday tanlanadiki, uni tozalash uchun ko‘tarmasda nasos qisimlarini almashtirish uchun ko‘tarilgan vaqtda tozalanishni ta‘minlash kerak bo‘ladi.
Qum yakorining oddiy turi harqanday konstruksiyadagi gaz yakoridir.
Shuning uchun gaz yakori cho‘kuvchi qumni qabul qiluvchi kista bilan jizozlanadi.
Ko‘p miqdorda gaz va qum ajraladigan quduqda gazqum yakoridan foydalaniladi.

11.29-rasm. YaGP1Gazqum yakori.
Gazqum yakori YaGP1 (11.29-rasm) B teshik teshilgan maxsus mufti 5 bilan biriktirilgan ikkita kameradan, gaz kamerasi (yuqori) 4 va qum kamerasi (pastki) 7 dan tashkil topgan bo‘ladi. Yakorning yuqori kamerasida so‘ruvchi quvur 3, pastki kameraga konus simon nasadkali8 ishchi quvur 6 mahkamlangan. Yakor nasos qabuli 1 ga o‘tkazgich 2 bilan birikadi.
Qum kamerasi pastiga bir tomoni yopiq mufti mahkamlanadi 9.
Nasos ishlayotgan vaqtda quduqdan suyuqlik A teshik orqali gaz kamerasiga kiradi ba u yerda neftdan gaz ajraladi. Keyin gazi ajratilgan neft B teshik orqali ishchi quvur orqali qum kamerasiga tushadi; qumi olingan neft so‘ruvchi quvur 3 orqali nasos qabuliga uzatiladi.
Suyuqlikdan ajraladigan qum miqdoriga qarab qum kamerasi uzunligi tanlanadi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling