A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Chuqurlik nasosining mahsuldorligini aniqlash


Download 6.89 Mb.
bet92/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Chuqurlik nasosining mahsuldorligini aniqlash


Plunjer yuqoriga o‘zining uzunligi Sn bo‘yigacha siljiganda, quyidagi hajmdagi suyuqlik haydaladi
q1= Sn(F-f),
bu yerda F- plunjer ko‘ndalang kesimining yuzi (yoki nasos silindri); f-shtanganing ko‘ndalang kesimining yuzi.
Plunjer xuddi shu kattalikka Sn pastga harakatlanganda, quyidagi miqdorda suyuqlik qo‘shimcha haydaladi

q2= Snf.
Plunjerning to‘liq harakatidagi nasosning suyuqlik uzatishi yuqoriga va pastga harakatlanishidagi haydash miqdorining yig‘indisiga teng bo‘ladi:
q= q1+ q2= Sn(F-f)+Snf=F Sn.
Agar plunjer bir minut davomida n marta harakatlansa, unda nasosning minutdagi uzatishi (qn) teng bo‘ladi. Sutkadagi minutlar sonini ko‘paytrib sutkalik uzatishini hajmiy birlida quyidagicha aniqlaymiz
Q=FSnn60·24=1440 FSnn. (11.24)
Plunjer va shtanga osilgan nuqta orasidagi masofa, yaniy posongi boshchasidan ilgatilanma-qaytish harakatni plunjerga uzun shtangalar tizmasi orqali uzatiladi va uni egiluchan sterjindeb qaraladi. Shuning uchun plunjer harakati amplitudasi bo‘yicha ham, harakat davri bo‘yicha ham osilish nuqtasi harakatiga mos kelmaydi. Boshqacha qilib aytilganda, plunjer yurish uzunligi Sn, osilish nuqtasi yurish uzunligi S ga mos kelmaydi. Haqiqatdan ham plunjer yurish uzunligi to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash qiyin. Osilish nuqtasi yurish uzunligi tebratma-dastgoh passport ma‘lumotlarida beriladi.
Shuni hisobga olib (11.24) formuladagi Sn o‘rniga S qo‘yiladi va bu holda quduqni shtangali nasosining nazariy uzatishi deb nomlangan kattalik hosil qilinadi.
Qt=1440FSn. (11.25)
Amaldagi uzatishi Qa, yer yuzasida ajratgichdan keyin o‘lchangan va sovutilgan neft, nazariy uzatishdan kichik bo‘ladi.
Qa ning Qn ga nisbati nasosning uzatish koeffitsenti deb nomlanadi. Unda quduqni shtangali nasosining uzatishiga teskari ta‘sir qiladigan ko‘rsatkich hisobga olinadi. Uzatish koeffitsienti quyidagicha yoziladi
η= Qa /Qn. (11.26)
Harbir aniq quduq uchun qurilmani ishlatish rejimini va jixozlarini to‘g‘ri tanlashda η asosiy kattalik hisoblanadi. η ≥ 0,6-0,65 bo‘lsa yaxshi hisoblanadi.
Biroq shunday sharoit bo‘ladiki (gaz faktori katta, dinamik sathi past), bunda bu uzatish koeffitsiyenti olish qiyin, shunday bo‘lsada quduqni shtangali nasosi bilan suyuqlikni haydash quduqni ishlatishning eng samarali usuli bo‘lib qoladi.
Quduqni shtangali nasosining uzatish koeffitsiyentiga doimiy va o‘zgaruchan omillar ta‘sir qiladi.
Doyimiy tasir qiluvchi omillarga quyidagilar kiradi:
haydaluvchi suyuqlikdagi erkin gazning ta‘siri;
plunjerning samarali yurish uzunligining shtangalar tizmasi osilgan nuqtaning harakat uzunligidan, nasos shtangalari tizmasi va quvurlar tizmasining elastik deformatsiyasi ta‘sirida farqini ta‘siri.
haydaladigan suyuqlik hajmining yer yuzasida sovitilishi va ajratish qurilmasida gazsizlantirish natijasida kamayishi.
O‘zgaruchan omillarga quyidagilar kiradi:
haydaladigan suyuqlikning silindr va plunjer orasidan sizishi, bu holat haydaladigan suyuqlik tarkibida nasos silindrini yemiruvchi qo‘shimchalarning mavjudligida kuzatiladi;
nasos klapanlari qisqa vaqtda ochilib yopilishida va ayniqsa yemirilishi hamda korroziya natijasida klapanning yemirilishi natijasida sizilish mavjudligida.
NKQ ning muftali birikmasining zichlanmagan holatida sizilishning mavjudligida.
Turli sizilishga sabab bo‘luchi o‘zgaruchan omillar, vaqt davomida o‘zgarib turadi, shuning uchun ularni hisob usulida aniqlab bo‘lmaydi. Bu narsa shunga olib keladiki quduqqa yangidan tushirilgan nasosning uzatish koeffitsiyenti η dastlab sezilarli pasayadi, so‘g biroz o‘zgarishsiz ishlaydi va yana vaqt o‘taverib yemirishlar natijasida pasayishi kuzatiladi.
Shuday qilib, nasosning natijaviy uzatish koeffitsiyenti birnecha koeffitsiyentlar ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi:
η=η1η2η3η4, (11.27)
bu yerda η1-erkin gazning ta‘sirini hisobga oluchi, nasos slindrining suyuqlik bilan to‘lish keffitsiyenti η2-plunjer yurish uzunligiga ta‘sir qiluchi omilni hisobga oluchi keffitsiyent; η3-nasos ishlayotgan vaqtda muqarrar suyuqlik sizishini hisobga oluchi, sizish koeffitsiyenti; η4-yer usti idishlarida suyuqlik hajmini kamayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Bu koeffitsiyentlarni va ularni hisoblash usullarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling