A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Rahbariyat jarayonlar va aloqalarni nazorat qiladi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Rahbariyat jarayonlar va aloqalarni nazorat qiladi 
Rahbariyat auditorlar tekshiradigan korxonalarning buxgalteriya tizimini 
nazorat qiladi. Rahbariyat nafaqat investorlarga taqdim etiladigan moliyaviy 
hisobotlar uchun mas’uldir, balki ushbu hisobotlarga kiradigan ma’lumotlarning 
xususiyatlarini aniq bo‘lishiga ham vakolatlidir. Shu bilan birga, rahbariyatdan bu 
jarayonga xolisona qarashini kutish ham qiyin masaladir. 
Manfaatdor tomonlar bilan aloqa. Moliyaviy hisobotlar 
Moliyaviy hisobot bu korxona faoliyatini bugungi darajasini belgilab beruvchi 
hisobot turi bo`lib, u nafaqat rahbariyatga balki undan foydalanuvchilarga ham u 
tuzilgan davri bo`yicha yetarli, aniq, ishonchli, o`rinli hamda kerakli ma`lumotlarni 
bera olishi lozim. Shu bilan birga moliyaviy hisobotlar rahbariyatning o‘z 
majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish samaradorligini o‘lchaydi. 
Ular korxonada mavjud ishchi va xodimlarning ish haqi, aksiyadorlarning 
aksiyalarini qiymatiga va hatto ular kompaniya bilan ishlashda davom etishlariga 


19 
muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu moliyaviy hisobotlarga investorlar va kreditorlar 
ishonchini oshirish uchun, ular hisobotlarning haqqoniyliligi bo‘yicha mustaqil va 
ekspert xulosalari bilan ta’minlanishi lozim. Bunday fikrlarni esa malakali 
auditorlar 
bera 
oladi. 
Bundan 
ko`rinib 
turibdiki, 
auditor 
tomonidan 
tasdiqlanayotgan fikr qanchalik asosli va aniq dalillar bilan ta`minlangan bo`lsa, 
undan foydalanuvchilar uchun u shunchalik ishonchli bo`ladi. Buning uchun 
auditordan yuqori malaka hamda kompetentlik talab qilinadi.
Auditorlik xizmatlariga talab va takliflar haqidagi nazariyalar 
Auditorlik xizmatlariga bo‘lgan talab bir necha xil nazariyalar bilan 
izohlanishi mumkin. Ruhlantirilgan ishonch va Agentlik munosabatlari nazariyasi 
kabi ba’zi nazariyalar yaxshi o‘rganilib, keng ommaga e’lon qilingan. Politsiyachi 
nazariyasi va Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi kabi jamoatchilik fikrlariga 
asoslangan boshqa nazariyalar, tadqiq qilinadigan konsepsiyadan ko‘ra yo‘nalish 
beruvchi nazariyalar sifatida xizmat qiladi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling