18
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir
korxona bitta auditor yoki
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning
malakali auditor bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo‘lgan qiziqishidan kelib
chiqadi. Davriy audit dastlabki auditga nisbatan ancha ustundir.
1.4. Audit xizmatlari bozori
Hozirgi zamon auditorlarining paydo bo‘lishi Buyuk Britaniyada 1780
yillarda boshlangan Sanoat inqilobi davrida sodir bo‘ldi. Ushbu inqilob murakkab
byurokratik tuzilmalari bo‘lgan yirik sanoat korxonalarining paydo bo‘lishiga va
keyinchalik korxonalarni kengaytirishni moliyalashtirish uchun tashqi mablag‘larni
izlashga bo‘lgan ehtiyojni asta-sekin oshirdi. Kapital bilan ta’minlash va
boshqaruv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keldi. Ikkala o‘zgarish ham
buxgalteriya xizmati mutaxassislariga hamda korxonaning
ichki va tashqi moliya
bo‘limlarini tekshirishga bo‘lgan talabni keltirib chiqardi. Auditorlik kasbining
institutlari yaratilishi usha vaqt davri oldida turgan masala edi.
Do'stlaringiz bilan baham: