A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Politsiyachi nazariyasi (


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Politsiyachi nazariyasi (
bormi shu narsa?)
 
Auditor politsiyachi kabi firibgarliklarni aniqlash uchun mas’ulmi? Bu fikrni 
Politsiyachilar nazariyasi deb tasavvur qiling. 1940 yillarga qadar auditorlik ishi 
arifmetik aniqlikka, firibgarlikning oldini olish va uni aniqlashga qaratilgan edi. 
Biroq, 1940 yillardan boshlab, asrning boshigacha auditorlik tekshiruvi moliyaviy 
hisobotlarning haqqoniyligi va adolatliligini tekshirish degan ma’noni anglatib 
keldi. Aholol, Xerex, Enron, Tyco va boshqalardagi kabi moliyaviy hisobotlardagi 
oxirgi firibgarliklari bu nazariyani diqqat bilan qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. 
Hozirgi kunda bizni ushbu nazariyaning asosi bo‘lgan jamoatchilik fikriga olib 
keluvchi firibgarliklarni aniqlash va ochish uchun auditorning mas’uliyati haqida 
doimiy ravishda jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. 
Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi 
Jamoatchilikning yana bir fikriga ko‘ra, auditning asosiy funksiyasi 
moliyaviy hisobotga ishonchlilikni oshirish hisoblanadi. Buni kreditlashning 


20 
ishonchliligi nazariyasi deb atashimiz mumkin. Rahbariyat auditor tomonidan 
tekshirilgan moliyaviy hisobotlardan boshqaruvga manfaatdor tomonlarning 
ishonchini oshirish uchun foydalanadi. Agar aksiyadorlar, hukumat yoki 
kreditorlar kabi manfaatdor tomonlar o‘zlari olgan ma’lumotlarga asoslangan 
holda o‘z qarorlarini qabul qilishlari kerak bo‘lsa, ular bu kompaniya iqtisodiy 
qiymatining adolatli ekaniga ishonch hosil qilishlari lozim. Audit shartlariga ko‘ra, 
bu "axborot asimmetriyasini" kamaytiradi. Biroq, tekshirilgan ma’lumotlar 
investorlar tomonidan qabul qilinadigan investitsion qarorlar uchun muhim asos 
bo‘lib xizmat qilmaydi deb ta’kidlovchi samarali bozor nazariyasi mavjud. 
Ruhlantiruvchi ishonch nazariyasi 
Ushbu nazariya 1920 yillar oxirida gollandiyalik professor Teodor Limperg 
tomonidan ishlab chiqilgan. Ilgarigi nazariyadan farqli o‘laroq, Limperg nazariyasi 
audit xizmatlariga ham talab, ham taklifni ko‘rib chiqadi. Limperg fikriga ko‘ra, 
audit xizmatlariga bo‘lgan talab tashqi ishtirokchilarning (uchinchi shaxslarning) 
kompaniyada ishtirok etishining bevosita natijasi hisoblanadi. Ushbu manfaatdor 
tomonlar kompaniyadan o‘zlarining hissalarini qo‘shishi evaziga rahbariyatdan 
hisob berishni talab qiladi. Rahbariyat o‘zi tomonidan taqdim etiladigan 
axborotdan manfaatdor bo‘lishi mumkinligi sababli, rahbariyat va tashqi 
manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tufayli bu axborotni 
tekshirish talab etiladi. Auditor (taklif etuvchi tomon) tomonidan taqdim etiladigan 
auditorning kafolati darajasiga kelsak, Limperg me’yoriy yondashuvni qabul qildi. 
Auditor "ratsional autsaydor" ning umidini puchga chiqarmaslik uchun harakat 
qilishi kerak, boshqa tomondan esa, tekshiruv natijalariga ko‘ra taqdim qilgan 
hisobotida haddan tashqari katta ishonchni uyg‘otmasligi lozim. SHunday qilib, 
auditorlik texnologiyasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, auditor jamiyatning 
oqilona talablarini qondirish uchun barcha ishlarni amalga oshirishi kerak.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling