A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl)
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
- 17.3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish.
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari – aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar» moddasi (4610-schyot) (280-satr); Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr), qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350 satr); Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7, 8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-satr). 391 17.3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish. Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lov- topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi. Tashkiliy hujjatlar: - davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma; - buyruqlar va farmoyishlar; - aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar; - aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari; - soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma; - amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar; - yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi. Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: - ustav kapitalining to’liq shakllanganligi; - ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan shartlarga mosligi; - ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling