A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
aktsiyadorlik jamiyatlari
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib
olinadigan, jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Qishoq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)da pay jamg’armasi – shirkat xo’jaligi a’zolarining pay badallaridan, fermer va dehqon xo’jaliklarida esa o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jalik ekinzorlari va daraxtzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo’jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk ob’ektlari, shuningdek boshqa mol-mulklardan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakllantiriladi. Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini aniqlashi kerak. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi kerak. Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi. Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi. 393 Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi kerak. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling