A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Audit hisoboti uchun iqtisodiy sharoit
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditor, korporatsiya va moliyaviy ma’lumot
Audit hisoboti uchun iqtisodiy sharoit
Usha vaqtlari aksariyat kompaniyalar texnologiyalarning rivojlanishi, kommunikatsiya va transportning yaxshilanishi, shuningdek jahon bozorining kengayishi ularning faoliyatiga ta’sir qilayotganligini seza boshlashdi. Natijada 6 korxona boshqaruvi, pul mablag‘lariga bo‘lgan talab oshib bordi. Sanoat uchun jamiyat mablag‘larini kengroq jalb etish masalasi yuzaga keldi. Buning natijasida qimmatli qog‘ozlar bozori, kredit tashkilotlarining ishlari murakkablashdi. CHunki ular yirik milliy va xalqaro korporatsiyalarga xizmat ko‘rsatar edi. Investorlarning korporatsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar oqimi va qimmatli qog‘ozlar bozorlari orqali moliyaviy resurlarning taqsimlanishi kompaniya rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy hisobotga bog‘lanib qoldi. Mazkur kompaniyalarning asosiy belgilari shundan iboratki, ularning mulkka bo‘lgan egalik huquqi korporatsiya boshqaruvidan to‘liq ajratilgan. Kompaniya boshqaruvi buxgalteriya hisobi tizimi ustidan nazorat olib boradi. Boshqaruv nafaqat moliyaviy hisobot uchun javobgar, balki beriladigan ma’lumot yo‘nalishini belgilab berish huquqiga ham ega. Investorlar va kreditorlar boshqaruvga qaraganda boshqa maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin (masalan, boshqaruv kattaroq maosh olishni va imtiyozlarga ega bo‘lishni hohlasa, investorlar yuqori foyda va dividend olishni maqsad qilib qo‘yishadi). Investor va kreditorlar xolisona moliyaviy hisobot natijalari bilan ish olib borishi lozim. Auditor ularning moliyaviy hisobotlarni to`g`ri tuzilganligiga ishonch hosil qilishi uchun ularga ekspert xulosa taqdim etadi. Auditor, korporatsiya va moliyaviy ma’lumot Auditning asosiy vazifasi moliyaviy hisobotga ishonch xosil qilishdan iborat. Raxbariyat va auditorning mas’uliyati moliyaviy hisobotga ishonchni ta’minlashdan iborat. Auditorlik tekshiruvi natijasida auditor moliyaviy hisobotdagi ma’lumot qiymatini oshiradi va shu bilan birga auditor raxbariyat tomonidan taqdim etilgan boshqa ma’lumotga bo‘lgan ishonchni ham oshiradi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling