A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Auditorlik ekspertiza 
Odatda ko‘p tajriba audit vazifasini bajarish uchun kerakdir. Auditor 
moliyaviy hisobotda kuchli kompetentlikka ega bo‘lishi lozim. Moliyaviy 



hisobotni tasdiqlash uchun qanday dalillar kerak ekanligi to‘g‘risida qaror qabul 
qilishda u ekspert bo‘lishi lozim.
Auditor axborot texnologiyalarni ishlatilishi yuqori pallaga chiqqan bir 
paytda katta tarjibaga ega bo‘lishi kerak. SHuningdek u mijozni moliyaviy hisobot 
xolisona va to‘g‘ri ekanligiga ishontirishda mazkur tajribaning roli kattadir. Audit 
sohasida yuzaga kelayotgan sharoitlar auditorlardan yangi malakaga ega bo‘lishni 
talab qiladi. Auditorlar har bir ishga tanqidiy yondashib, dalillarni tahlil qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Auditning kelajagi 
Kelajakda ham bugungidek yillik hisobot, moliyaviy hisobot, ularga izohlar, 
auditorlik hisoboti va xulosasi talab qilinadi. Bunga ko‘shimcha ravishda 
boshqaruv hisoboti, direktorlarning korporativ boshqaruvi to‘g‘risidagi hisoboti 
(shu jumladan ichki nazorat tizimining samaradorligi, korxona faoliyati va ustavga 
rioya qilinishi hisoboti) talab qilinadi. Bundan tashqari, tevarak-atrof muhofazasiga 
qaratilgan chora-tadbirlar hisoboti ham kerak bo‘ladi. Mazkur ma’lumotlar 
korporativ boshqaruvi bilan bog‘liq muammolar, buxgalteriya ishlari bilan bog‘liq 
mojorolar bilan bog‘lanib ketmoqda
.
.
Grant Thornton kompaniyasining hamkori, Aberdin Universiteti professori 
P.Persi auditor istiqbollari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan. Uning fikriga 
qaraganda, auditorlar nafaqat moliyaviy, balki nomoliyaviy ma’lumotlarni ham 
o‘rganishadi. Bundan tashqari, hisobotda nafaqat o‘tmishga oid ma’lumot, balki 
istiqbolga oid axborot o‘z o‘rnini kengaytirib boraveradi. Direktor kengashining 
e’tiborida ichki va tashqi auditorlar faoliyatini baholashda ijtimoiy fikr asosiy o‘rin 
egallaydi.
Tashqi baholovchilar ma’lumotlar yaxlitligi va biznes jarayonini baholaydi. 
Ichki baholovchilar esa tizim samaradorligini, natijaviyligini va uning 
muqobilligiga baho beradi. Ular tomonidan berilgan ma`lumotlarga asosan
Kengash doirasida aksiyadorlar nomidan ishlovchi mustaqil direktorlar va 
baholovchilar boshqaruv ishlarini ta’minlab beradi.



1.2. 
Buxgalteriya 
hisobi
va audit o‘rtasidagi farq 
Kompaniyalarda yillik buxgalteriya hisobi jarayoni tugashi bilan, auditorlik 
tekshiruvi ishlari boshlanib hisob kitoblarining haqiqiyligi va ularning amaldagi 
qonunchilikka muvofiq yuritilganligi sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Buxgalteriya hisobi - xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish, 
hisobotni saqlash, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishga ma’suldir. 
Buxgalterlik firmalari korxona tomonidan ularning pul muomalalarini yuritilishini 
olib boradi. Bu biznesni tushunadigan tildir, chunki u tadbirkorlik sub’ektining 
moliyaviy hisobotini taqdim etish vositasidir. 
Aksincha, Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati. 
Korxonaning buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob-
kitob operatsiyalarining haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan. 
Shunday qilib, u 
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlarining haqiqiyligi va 
ishonchliligini belgilaydi. 
Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farqni tushunish uchun quyidagi 
jadvalni ko‘rib chiqamiz. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling