A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Akkreditatsiyalash bo‘yicha idora


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Akkreditatsiyalash bo‘yicha idoraakkreditatsiyalash tizimini 
boshqaruvchi va akkreditatsiyalashni o ‘tkazuvchi idora. 
Sifat — o ‘z tafsilotlari majmuyining talablarga muvofiqlik darajasi. 
Iste’molchilarning qoniqqanliligi — iste’molchilarning o‘z talablarining 
bajarilganlik darajasidan mamnun bo‘lganlik hissiyoti. 
Sifat menejmenti tizimi — sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va 
boshqarish uchun menejment tizimi. 
Sifat sohasidagi siyosat — yuqori rahbariyat tomonidan ifodalangan sifat 
sohasida tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yo‘nalishi. 
Tashkiliy tuzilma — xodimlar o‘rtasida mas’ullik, vakolatlik va o‘zaro 
munosabatlarning taqsimlanishi. 
Manfaatdor tomon — tashkilotning faoliyati yoki yutuqlaridan manfaatdor 
shaxs yoki guruh. 
Jarayon — kirish va chiqishlarni qayta o ‘zgartiruvchi o ‘zaro bog‘liq va o 
‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmuyi. 
Protsedura — faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning o ‘rnatilgan 
usuli. 
Kuzatuvchanlik — kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi yoki joylashgan 
o ‘rnini kuzatish imkoni. 
Muvofiqlik — talabni bajarish. 
Nomuvofiqlik — talabni bajarmaslik. 
Sifat bo‘yicha rahbariyat — tashkilot sifat menejmenti tizimini belgilovchi 
hujjat. 
Sinash — o ‘rnatilgan protseduraga muvofiq bir yoki bir nechta tafsilotlar 
(xarakteristikalar)ni aniqlash. 
Tahlil — ko‘rilayotgan obyektning yaroqliligi, mosligi (aynan bir xilligi), 
natijaviyligini aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga 
oshiriladigan faoliyat. 


71 
Audit — audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan mezonlarini 
bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni beg‘araz baholashning muntazam, 
mustaqil va hujjatlashtirilgan jarayoni. 
Audit dasturi — muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va muayyan 
maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta auditlar majmuyi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling