A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Sertifikatlashtirish jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Sertifikatlashtirish jarayoni, shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish 
uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni 
qo‘yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi. 
Sertifikatlashtirish deganda, talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning 
muayyan standart yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat 
tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish milliy tizimi – davlat miqyosida amal qiladigan, 
sertifikatlashtirish o’tkazishda o’z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo’lgan 
tizim; 
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish — guvohnoma talabgoriga 
sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan 
foydalanish imkoniyati. 
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi — ushbu tizimning qoidalariga 
binoan faoliyat ko‘rsatuvchi, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 
sertifikatlashtirish qatnashuvchisi. 
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi — ushbu tizimning qoidalariga binoan 
faoliyat ko‘rsatuvchi va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oluvchi 
sertifikatlashtirish qatnashuvchisi. 
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish – mahsulotlarning belgilangan talablarga 
muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat. 
Muvofiqlik sertifikati – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga 
binoan berilgan hujjat. 
Muvofiqlik belgisi – muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki 
boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko’rsatish uchun mahsulotga yoxud 
ko’rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo’yiladigan, belgilangan tartibda ro’yxatga 
olingan belgi. 


69 
Bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish 
tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo’llaniladigan muayyan mahsulotlar
ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling