A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


 Sertifikatlashtirish sxemalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

3.3. Sertifikatlashtirish sxemalari 
Sertifikatlashtirish bo’yicha ISO (ingliz tilida qisqarmasi ISO) tarkibidagi 
qo’mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga 
oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan bo’lib, 
respublikamizda ham aynan shu sakkizta sxema asosida va unga qo’shimcha 1 ta 
jami 9 ta sxema tadbiq etilgan: 

Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini 
standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida 
sinovdan o’tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan 
namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yo’l o’zining 
soddaligi va unga ko’p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va halqaro savdo 
munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.

Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus 


82 
tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkazilib, so’ngra uning sifatini savdo 
shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib 
boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali 
chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning 
afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga 
qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni 
savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo’lmaydi yoki uni chiqarib 
tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug’iladi.

Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus 
tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o’tkazish, so’ngra sotuvchi yoki iste’molchiga 
yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga 
asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo 
shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o’tkaziladi va standartga 
nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo’natilishi to’xtatiladi.


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling