A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Majburiy  sertifikatlashtirishga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Majburiy 
sertifikatlashtirishga 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro’yxatga kiritilgan, ishlab 
chiqariladigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan, sertifikatlashtirilishi lozim 
bo’lgan mahsulotlar kiradi. 
Yuqoridagi ro’yxatga, fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mulkining 
xavfsizligini, atrof muhitni muhofaza qilish, o’zaroalmashinuvchanlik va 
moslashuvchanlikni ta’minlash bo’yicha me’yoriy hujjatlarda talablari belgilangan, 
mahsulotlar yoki xizmatlar kiritiladi. Bu ro’yxatdan tashkari Oliy Majlis 
tomonidan qabul kilinadigan Qonunlarga asosan, Prezident farmonlariga asosan 
ma’lum xizmatlar va mahsulotlar uchun ham xudi shunday talablar qo’yilishi 
mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishga O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, 
Prezident farmonlari, hamda hukumat qarorlariga asosan ro’yxatga kiritilmagan 
xizmatlar yoki mahsulotlar kirishi mumkin, bu vaqtda ishlab chiqaruvchi, yetkazib 
beruvchi yoki iste’molchilar (keyinchalik - so’rovchi) tashabbusi bilan ixtiyoriy 
tartibda sertifikatlashtirish o’tkaziladi. 
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi 
faoliyat turlari olib boriladi: 

mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish; 

sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish; 

majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat 
olib borish; 

yuqoridagi keltirib o’tilgan faoliyat yo’nalishlari bo’yicha ekspert - 
auditorlarni tayyorlash va attestatlash kabi faolit turlarini yuritadi. 
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy 
tuzilmasini quyidagilar tashkil qiladi: 

O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy 
idorasi («O’zstandart» agentligi); 


75 

ilmiy 

usuliyat 
markazi 
va 
bir 
turdagi 
mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish bo’yicha usuliyat markazlari

bir turdagi mahsulotlarni va xizmatlarni, sifat tizimlari hamda ishlab 
chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; 

akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlari); 

tekshirish idoralari. 
Mahsulotni sertifikatlashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 19-rasmda 
keltirilgan. 
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari so’rovchi 
tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo’yicha aniqlangan tizim 
doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o’rnatilgan qoidalari 
mavjud bo’lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari sertifikatlashtirish 
ob’yekti va turlariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas jarayon deb hisoblash mumkin. 
Odatda, qabul qilingan va sertifikatlashtirish jarayonining umumiy sxemasi
20-rasmda keltirilgan. Uuni quyidagi beshta asosiy bosqichga bo’lishimiz mumkin: 
1. 
Sertifikatlashtirishga ariza. 
2. 
Sertifikatlashtirish bo’yicha qaror qabul kilish. 
3. 
Sertifikatlashtirish ob’yektini muvafiqligini o’rnatilgan talablar bilan 
baholash 
4. 
Muvofiqlikni baholash natijalarini tahlili va uni rasmiylashtirish. 
5. 
Sertifikatlashtirish ob’yekti ustidan inspeksiya nazorat.
O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi Vazirlar 
Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi №318-sonli «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish 
tartibotini soddalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar too’g’risida»gi 
Qaroriga binoan “O’zstandart” agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni 
saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish 
qo’mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagi ishlarni 
amalga oshirishadi: 


76 
19-rasm. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi. 

chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan idoralar 
va laboratoriyalar tomonidan sinov o’tkazish uchun namuna olishning cheklangan 
normalarini belgilash; 

akkreditatsiya 
qilingan 
idoralar 
va 
laboratoriyalar 
o’rtasida 
sinovlarning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida sinovlar turla-rini 
belgilash; 

o’zlariga qarashli akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda mahsu-
lotlarni sinovdan o’tkazish xizmatlariga tariflarni O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligida (uning hududiy bo’linmalarida) oldindan deklaratsiya qilish. 


77 
20-rasm. Sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari

Muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini tekshirish faqat majburiy tartibda 
sertifikatlanadigan mahsulotlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan 
vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 


78 
«O‘zstandart» agentligi O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish 
to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar 
toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to ‘g‘risidagi Nizom hamda 
majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning har bir turini 
ularda sertifikatlashtirishning tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan xavfsizlik 
ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazadi va majburiy tartibda sertifikatlanadigan 
mahsulotlarning nomenklatura ro‘yxati, ularning sifati va xavfsizligini belgilovchi 
me’yoriy hujjatlarni ko‘rsatgan holda nashr etadi hamda bojxona, soliq va 
akkreditatsiya qilingan idoralarga jo ‘natadi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish 
tartiboti sxemasi 21-rasmda keltirilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling