A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Sertifikatlashtirish organi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Sertifikatlashtirish organi: 
-muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun
-arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun; 
-arizachining tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun 
javobgar bo’ladi. 
Sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarish, 
akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish idoralari va 
sertifikatlashtirish sohasidagi nazorat idoralarining inspeksiya nazoratlarini 
“O’zstandart” agentligi o’rnatgan tartibda ekspert-auditorlar amalga oshiradi.


73 
Davolash, oziq-ovqatga mo’ljallangan va maishiy kimyoviy mahsulotlarda 
chiqarilgan muddati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari ko’rsatilishi shart. 
Sotuvchilarni yaroqlilik muddatisiz yoki yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlarni 
qabul qilishi va sotishi qat’iyan man etilgan. 
Iste’molchilar tayyorlovchidan sotib olingan mahsulotlarini (ishi, xizmati) 
tayyorlanganligi yoki bajarilganligi yo sanitar - gigiyenik talablarga, hamda 
radiologik, epidemiyaga qarshi va boshqa me’yor va qoidalarga rioya qilib 
bajarganligiga hamda atrof - muhit, inson hayoti va sog’lig’iga xavfsiz bo’lganligi 
shuningdek, uning mol - mulkiga zarar yetkazmasligi kafolatini so’rash huquqiga 
ega. 
 
3.2. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi 
 
Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikatlashtirishni 
amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab 
chiqishdir. 
Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: 

sertifikatlashtirishda qo’llaniladigan hujjatlarning yagona tizimini 
tashkil qilish; 

yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish; 

bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini 
ishlab chiqish; 

sertifikatlashtirish uchun o’tkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab 
chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari); 

sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan 
o’zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash. 
Sertifikatlashtirish milliy tizimi O’zbekiston Respublikasining qonuniy va 
me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi. 
O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyidagi 
sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi: 


74 
Majburiy sertifikatlashtirish; 
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish; 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling