81
Ikkinchi bosqich - sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik
sertifikati berishdagi faoliyat.
Bunda akreditatsiyadan o’tgan Idoralar sertifikatlashtirish
faoliyatiga
qo’shimcha ravishda, tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat
sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va o’simliklar karantini
bo’yicha davlat xizmati organlarida, shuningdek tabiatni
muhofaza qilish davlat
organlarida sertifikatlashtirishni o’tkazish va barcha zarur xulosalarni olish
yuzasidan agentlik xizmatlari ko’rsatishga haqlidir.
Bunda
namunalar tanlab olinishi, shuningdek ular to’g’ri tanlanganligi va
ular tegishli davlat organlariga taqdim etilishi uchun
sertifikatlash Idoralari
javobgarlikni o’z zimmalariga olishga majbur.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati
ishlarning
murakkabligi darajasiga, ko’p mehnat talab qilishi va o’ziga xosligiga
qarab, barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1
oygacha doirada belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: