A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti “tasdiqlayman” Jizzax Davlat pedagogika universiteti rektori prof. Sh. S. Sharipov


Download 171.25 Kb.
bet8/9
Sana03.09.2023
Hajmi171.25 Kb.
#1672389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
T.F.-TARBIYACHI-NUTQ-MADANIYATI-2-курс-kechki

Kreditlarni olish uchun talablar.

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha topshiriqni bajarish.
Talabalar bilimini baholash.
Kirish nazorati. Bu nazorat turi modulga kirish maqsadida anketa-so‘rovnoma shaklida o‘tkaziladi. Bunda talabalarga fanning kelajakdagi talabalar bilan faoliyatida tutgan o‘rni, ahamiyati, fan mazmuni, fanni o‘qitish usullariga oid so‘rovlar o‘tkaziladi, talabalarning fanni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan dastlabki bilimlari aniqlanadi, taklif va tavsiyalar olinadi. Ushbu so‘rovlar natijasida chuqur o‘rganilib fanni o‘qitishni tashkil qilish jarayonida zarur o‘zgartirishlar kiritiladi.
Fan bo‘yicha talabalar bilimi 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan joriy nazorat va oraliq nazorat uchun 50 ball, yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi.
Joriy nazorat. Joriy nazorat semestr davomida seminar mashg’ulotlariga ajratilgan soatlar (juftlik) dan kelib chiqqan holda umumiy 30 ball bilan baholanadi.
Jami 8 ta seminar mashg’ulotlari bo‘yicha o‘zlashtirish natijalari 100 ballik tizimda 30 ball bilan baholanadi.
Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida ma’ruza mashg’uloti o‘quv soatidan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi (2-4 kreditli fanlarda 1 marta, 6 kreditli fanlarda 2 marta oraliq nazorat o‘tkaziladi). Oraliq nazorati 100 ballik tizimda 20 ball bilan baholanadi. Oraliq nazorat ishi tarkibiga mustaqil ta’lim topshirig‘i kiritiladi.
Oraliq va joriy nazorat uchun ajratilgan ballning 60% ini to‘plagan talabalarga yakuniy nazorat topshirishga ruxsat beriladi.
Yakuniy nazorat (chiqish nazorati)
Yakuniy nazorat yozma yoki test shaklida o‘tkaziladi. Talabaning yakuniy nazoratdagi o‘zlashtirishi 100 ballik tizimda 50 ball bilan baholanadi va yakuniy nazorat uchun ajratilgan ballning 60% ini to‘plagan talabalar fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.

6.


Download 171.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling