A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Korxona faoliyatida axborotlar qanday ahamiyatga ega?
2. Axborotlar qanday turlari mavjud?
3. Axborot tizimi qanday shakllanadi?


29
5-mavzu. KORXONADA BOSHQARISH VA
MEHNATNI TASHKIL ETISH
5.1. Korxonada boshqaruvning asoslari
Xalq xo‘jaligidagi barcha korxonalarning ish tajribasi
ko‘rsatadiki, ular bir xil moddiy va mehnat resurslariga ega
bo‘lsa ham, ular ishining muvaffaqiyatlari rahbarning
boshqaruv uslubiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonada ishning maqsadga muvofiq uyushtirilganligi,
ijrochilarning mehnatga ijodiy yondoshishi korxonada
boshqaruvning ijodiy uslubi mavjudligini ko‘rsatadi. Bunday
korxonalarda resurslar yetarli bo‘lmagan hollarda ham yuqori
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishiladi. Aksincha, mehnatni
ilmiy tashkil etishga ma’sulyatsizlik bilan qaralgan, boshqa-
ruvga quruq uslubda yondoshilgan, ijrochilarning ishga ijodiy
yondoshishiga imkon yaratilmagan korxonalarda, rahbarning
ixtiyorida zamonaviy texnika va yetarli resurslar bo‘lishiga
qaramay, ishlab chiqarish natijalari maqsadga muvofiq
bo‘lmaydi.
Boshqaruv uslubi — bu boshqaruv jarayonida yuzaga
keladigan muammolarni hal qilish usullari yoki yo‘llari
majmuasidir.
Rahbarning ish uslubi jamoadagi, xulq-atvori, ma’lum
darajada jamoadagi psixologik sharoitga ta’sir ko‘rsatadi.
Rahbar boshqarish obyektiga tegishli texnikani, texno-
logiyani, uning iqtisodini, boshqaruv apparati mehnatining
mazmunini va tavsifini yaxshi bilishi talab etiladi. Bunda


30
rahbarning shaxsiy ish uslubi muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Rahbarning shaxsiy ish uslubi — boshqaruv jarayonida u
yoki bu masalalarni hal qilish uchun maxsus individual bo‘lib,
insonning shaxsiy hislati, uning xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Boshqarishning mohiyati jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni
hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ahil jamoani yaratishdir.
Jamoaning har bir a’zosi o‘z fikrining inobatga olinishini va
ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining muhim vazifalarini hal
qilishda faol ishtirok etishini his qila bilishi kerak. Shuningdek,
muhim qarorlarni qabul qilishda jamoa va uning a’zolarining
fikrini inobatga olish kamchiliklarni bartaraf etishga imkon
beradi. Jamoani kengash asosida boshqarishning boshqa
tomoni qabul kilingan qarorlarni amalga oshirishda
xodimlarning faolligini oshirishdan iboratdir.
Xo‘jalik rahbarlarining ish uslubi xususiyatlariga quyi-
dagilarni kiritish mumkin:
Xo‘jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo‘lish.
Bunda asosiy maqsad jamoada sog‘lom muhitni yaratish;
Jamoa va uning har qaysi xodimi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik
qilish. Rahbar o‘zining bo‘limida faqat boshliq bo‘libgina
qolmay, u kishilarninig tarbiyachisi hamdir. Shuning uchun
rahbarlar xo‘jalik va tarbiyaviy ishlarni bir-biri bilan uzviy
bog‘lagan holda olib borishlari zarur.
Yuqori madaniyatli boshqaruv. Rahbarlarning o‘z qo‘l
ostidagi xodimlari bilan munosabatda bo‘lganlarida uning
ahloq-odob va huquq normalariga rioya qilishi yuqori
madaniyatli boshqaruvni yuzaga keltiradi. Rahbar o‘zining
kamtarligi, xushmuomalaligi, rostgo‘yligi, o‘zining va
boshqalarning vaqtini tejay bilishi, kishi-larning mansabi
va amalidan qat’i nazar, ularga hurmat bilan munosabatda
bo‘lishi bilan ajralib turishi kerak.


31
Rahbarning yangilikni his etishi. Yangilikni his eta bilish
bu kelajakda rivojlanishni ko‘ra bilish, vujudga kelgan
masalalarni to‘g‘ri hal qilish yo‘llarini topa bilish demakdir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling