A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

7.4. Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash
Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab
chiqarishni kooperativlashtirish asosida amalga oshadi.
Kooperativlashtirish deganda, ma’lum mahsulot ishlab
chiqarish, ish va hizmat bajarishni birgalikda olib borish
bo‘yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab
chiqarish aloqalari shakllari tushuniladi.
Kooperativlashtirishda mahsulot yetkazib berish tartibi
ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab
chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini


48
talab etadi. Kooperativlashtirish xom ashyo, yoqilg‘i va
standartlashtirilgan yarim fabrikatlar hamda buyurtmalarni
yetkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-
texnika ta’minotidan farqlanadi.
Kooperativlashtirish murakkab mahsulotlarni ishlab
chiqarishni o‘zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq
bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib
beradi.
Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni
kooperativlashtirishning bir qancha samarali shakllari
vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
buyumli (agregatli) kooperativlashtirish;
texnologik kooperativlashtirish;
tarmoqlararo kooperativlashtirish;
iqtisodiy rayonlararo kooperativlashtirish.
Buyumli (agregatli) kooperativlashirish — bu mashina
va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli
butlovchi buyum va detallarni yetkazib beruvchi korxo-
nalarning faoliyatidan iborat. Тexnologik kooperativlash-
tirish – bu bir va bir necha korxonalar o‘rtasida alohida
jarayonlarlarni bajarish bo‘yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqa-
rishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtayi nazaridan tar-
moq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga
keladi.
Тarmoqlararo kooperativlashtirish sanoat tarmoqlarining
bir biriga xizmat ko‘rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat
ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog‘i metallurgiya
sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida
ma’lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir-biriga butlovchi
buyumlar yetkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berish
mumkin.


49
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalarni joylashtirish nuqtayi
nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo
kooperativlashtirish keng tus olishi mumkin.
Rayonlararo kooperativlashtirish turli iqtisodiy hudud-
larda joylashgan korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling