A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Тabiiy resurslar va ularning turlari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
8.2. Тabiiy resurslar va ularning turlari
Тabiiy resurslar ikki asosiy turkumga bo‘linadi: 1) odamlarning yashashi, turmush kechirishini ta’min- lovchi resurslar; 2) mehnat vositalari manbai bo‘lib xizmat qiluvchi resurslar. Тabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarishning asosiy sohalarida foydalanish xususiyat- lariga ko‘ra ham ikki turga ajratiladi: 54 Moddiy ishlab chiqarish resurslari: a) sanoat; b) qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi resurslari: a) bevosita iste’mol qilinuvchi; b) bilvosita foydalanuvchi resurslar. Moddiy ishlab chiqarish resurslari guruhiga undiruvchi sanoatning barcha tarmoqlari (ko‘mir, neft, tabiiy gaz), shuningdek, gidroelektroenergetika, o‘rmon sanoati, baliq ovlash va boshqalar kiradi. Bir turdagi tabiiy resurslardan iqtisodiy va texnik nuqtayi nazardan ko‘p maqsadni ko‘zlagan holda majmuali foydalanish mumkinligini ta’kidlab o‘tish zarur. Ana shunday resurslar qatoriga yer, suv, o‘rmon va boshqalar kiradi. Masalan, suv resurslaridan ichimlik suvi, texnik suvi, irrigatsiya manbayi hamda elektr energiya ishlab chiqarish, baliqchilikni rivojlantirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Тabiiy sharoitlar bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi muno- sabatlar ma’lum darajada iqtisodiy taraqqiyot suratlarini belgilab beradi. Тabiiy sharoit qulay bo‘lsa, iqtisodiy rivojlanish suratlari yuqori bo‘lishi mumkin va aksincha, noqulay bo‘lsa, iqtisodiyotning rivojlanishi susayishi yoki umuman to‘xtab qolishi muqarrardir. Тabiiy sharoit iqtisodiyotga taraqqiyot omillari orqali bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Тabiiy sharoitning iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri har xil bo‘ladi. Binobarin, undirish sanoati tarmoqlarida, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida hamda qurilish, transport va boshqa tarmoqlarda tabiiy sharoit hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Тabiiy resurslarning tarkibi va turlari vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoj- langanlik darajasi hamda fan-texnika taraqqiyotiga bevosita 55 bog‘liqdir. Тabiat elementlari u yoki bu turning tabiiy re- surslar qatoriga o‘tishi fan va texnika imkoniyatlari, iqtisodiy zaruriyat hamda ulardan jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanish orqali aniqlanadi. Тabiiy resurslar ishlab chiqarish kuchlarining ma’lum darajada rivojlanganlik holatida to‘la to‘kis o‘rganilgan va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foyda- lanishi mumkin bo‘lgan tabiat elementlaridir. Ma’lumki, resurslarning tarkibi vaqt o‘tishi bilan doimo o‘zgarib, asosan kengayib boradi. Bunda ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda iqtisodiy zaruriyatini aniqlab beruvchi omillarning roli katta bo‘ladi. Ushbu omillar ichida jamiyat ehtiyojlari asosiy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish kuchlarinig rivojlanishi iste’mol qilina- digan resurslar hajmining uzluksiz ko‘payishiga hamda turlarining kengayishiga sabab bo‘ladi. Тabiat in’omlaridan foydalanishda texnologik imkoniyat- lar darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. Yangi texnika va texnologiyaning kashf etilishi bilan bog‘liq holda ilgari chi- qindi hisoblangan tabiiy elementlardan amalda foydalanish imkoniyatlarining vujudga keltirilishi resurslar hajmining kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Binobarin, undirish sanoatida bir tomondan foydali qazilmalarni qazib olish usullarining takomillashtirilishi, ikkinchi tomondan esa tabiat birik- malaridan kamyob va nodir komponentlarni ajratib olish bo‘yicha yangi texnologik usullarning kashf etilishi, resurslar hajmi va turining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu esa undirish sanoati imkoniyatlarini beqiyos kengayishiga olib keladi. Bunday holatni boshqa (suv, yer, biologik, iqlim) resurs- laridan foydalanish jarayonida ham kuzatish mumkin. Ushbu o‘rinda ta‘kidlab o‘tish lozimki, ma’lum turdagi tabiat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va ularni olish texnikasi 56 va texnologiyasi har qanday davrga xos bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlar orqali aniqlanadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling