A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish resurslari deganda nimani tushunasiz?
2. Тabiiy resurslar tarkibiga qanday resurslar kiradi?
3. Тabiiy resurslar tiklanadimi?
4. Тabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj qanday aniqlanadi?


57
9-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI
REJALASHТIRISH VA NAZORAТ QILISH
9.1. Rejalashtirish va bashoratlash bir-biri bilan
chambarchas bog‘liqdir
Mo‘ljallangan ish yoki ma’lum bir harakatlarni bajarish
muddati, tartibi va ketma-ketligini ko‘zda tutuvchi chora-
tadbirlar tizimi rejalashtirish deyiladi. Aynan rejalashtirish
va bashorat qilish yo‘li bilan korxonalar kim uchun, qancha
mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar
bilan shartnoma tuzish yoki kooperatsiyani rivojlantirish,
zarur bo‘lgan moddiy-tovar boyliklari zahirasini yaratish
kabi bir qator masalalarni hal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi
qonunida iste’molchilar talabi, foyda yoki daromad olish
nuqtayi nazaridan o‘z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi
va ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollarini belgilab
olishi ko‘rsatilgan.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni
tashkil etish va texnologiyalarning optimal variantlarini
tanlaydi, resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash vazifasini
bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab
beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi.
Har bir korxonani tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan
rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona
faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab
berishni ifodalaydi. Bashorat qilishni rejalashtirishning


58
boshlanishi bo‘lib, uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan
davomi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va
bashorat qilish o‘zaro aloqada bo‘lgan ikkita jarayon bo‘lib,
xo‘jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng
kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida
yuritishni ko‘zda tutadi.
Shu tariqa rejalashtirish bozor va bozor mexanizmiga
qarama-qarshi bo‘lmasdan, aksincha, ishlab chiqarishning
maqbul yo‘nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zahira va
imkoniyatlarni qo‘llash, korxonaning oqilona baho siyosatini
shakllantirish hamda xo‘jalik yuritish aloqalarining samarali
shakllarini o‘rnatishga ko‘maklashadi. Rejalashtirish va
bashorat qilish yordami bilan ichki va tashqi bozordagi
iste’molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy
faoliyati kuchaytiriladi.
Rejalashtirish mutaxassislar tomonidan amalga oshi-
rilishi sababli istalgan reja yoki bashoratning hayotga tatbiq
etilishi ko‘p jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular
rejalashtirishning uslubiy asoslarini yaxshi bilishiga, shu-
ningdek, ishlab chiqarish rejalarining bozor talablarini
hamda korxonaning mo‘ljallangan daromadga erishishini
hisobga olishiga ham bog‘liq. Rejani ishlab chiqish
qanchalik asoslab berilgan bo‘lsa, uning haqiqiyligi va
iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog‘liqligi shunchalik yuqori
bo‘ladi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan
tashqari bashorat qilish ham katta rol o‘ynaydi. Bashorat
qilish xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni ilmiy asoslagan
holda avvaldan ko‘ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga
kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va


59
tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni
tanlashga imkon yaratadi.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o‘z aksini topadi:
ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa
jihatlarini strategik rejalashtirish — o‘rta va uzoq muddatli
bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish — qisqa
muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo‘na-
lishlarning ikkalasi ham o‘zaro uzviy aloqada bo‘lib, ishlab
chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning
real voqeligi bilan bog‘laydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling