A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Me’yoriy (normativ) – nisbiy kattalik bo‘lib, asosan
foizlar yoki koeffitsiyentlar yordamida aks ettiriladi. U meh-
nat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini,
ularning har bir maydon birligi, og‘irlik birligi, hajm birligiga
sarflanishini tavsiflab beradi.


61
Me’yor va me’yoriylar taraqqiylik tavsifga ega bo‘lishi,
ya’ni ularni ishlab chiqishda zamonaviy fan, texnika va
texnologiya rivojlanishining darajasi, mehnat va ishlab
chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq
foydalanish hamda ilg‘or korxonalarning tajribalarini hisobga
olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko‘rib
chiqilishi, eskirgan me’yor va me’yoriylar yangi, xo‘jalik
hayoti va davr talablariga javob beruvchi me’yor va me’yo-
riylar bilan almashtirilishi lozim.
Me’yor va me’yoriylar quyidagi asosiy guruhlar asosida
ishlab chiqiladi:
— jonli mehnat xarajati me’yorlari (mahsulot biriligiga
sarflanuvchi ish vaqti me’yori, vaqt biriligida ishlab chiqarish
me’yori, xizmat ko‘rsatish me’yori, miqdor me’yoriyi);
moddiy xarajat me’yorlari (xom ashyo, material,
yoqilg‘i, energiya, butlovchi qismlar);
— ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish me’yoriylari
(ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tugallanmagan ishlab
chiqarish hajmi, ishlab chiqarish zahiralari va hokazo);
mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari
(mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar);
— korxona, sex, asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga
chiqish vaqti me’yorlari.
Ko‘rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va
mehnat talab qiluvchi jarayon bo‘lib, korxona faoliyatining
resurslar xarajatini me’yorlashtirishdan to mahsulot ishlab
chiqarish va realizatsiya qilishgacha barcha ko‘rsatkichlarini
inobatga oladi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari qu-
yidagilar:
— maqsadni belgilash;
— korxona faoliyatining turli xil yo‘nalishlari, ayniqsa,
xalq xo‘jaligi va aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab


62
chiqarishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini
asoslab berish;
— zaruriy moddiy-texnika asosini shakllantirish;
— moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
— yakuniy natijalarning ijobiy bo‘lishiga erishish.
Amaliyotda bu vazifalarni korxona direktori yoki iqti-
sodiy-rejalash xizmatining o‘zi bajarmaydi yoki bajarishi
lozim emas. Bunda butun jamoa, ayniqsa, agar bu korxona
aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa,
ishtirok etishi zarur. Afsuski, korxona xodimlari ko‘pincha
«rahbarga (yuqoridan) ko‘proq narsa ko‘rinadi» tamoyili
asosida ishlaydilar va yaxshiroq natijalarga erishish uchun
tashabbuskorlik ko‘rsatmaydilar. Тajribalar esa korxona
muammolarini hal qilish barcha xodimlar, jumladan,
ishchilarga ham bo‘lgan holdagina bu korxonalar gullab-
yashnashi mumkinligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab
chiqarish faoliyatini rejalashtirish va ratsional boshqarish
tizimi hamda maksimal ravishda qulay sharoitlarni yarat-
moqda. Bunday sharoitlarda rejalashtirish bozor iqti-
sodiyoti va bozor munosabatlarining barcha imkoniyat-
laridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona
faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi
vazifalarni hal qilishga yo‘naltirgan holda rejalashtirish
zarur.
Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o‘z
texnologiyasiga ega bo‘lib, bu texnologiya korxonaning
rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash,
bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarni
turi, kattaligi va muddatiga ko‘ra, aniqlashtirish, shuningdek,
ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni
o‘z ichiga oladi.


63

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling