79
qoladi, bunday hollarda ular yangisi bilan almashtiriladi
yoki ayrim qismlari kapital ta’mirlanadi yoki modernizatsiya
qilinadi. Jismoniy eskirish natijasida
asosiy fondlarning
qiymati yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot
qiymatiga ko‘chiriladi.
Korxonalarda faqat ishlatilayotgan mashina va asbob-
uskunalargina emas, balki bekor turganlari ham eskiradi.
Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy eskirish miqdori
ularning xizmat qilish muddati
va darajasiga nisbatan
aniqlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining
o‘sishi tufayli ishlab turgan
mashina va asbob-uskunalar
qiymatining kamaytirilishi hamda eskilariga nisbatan unumli
va tejamli yangi mashinalar kashf etilishi, ularning ishlab
chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashina-
larning jismoniy yeyilish muddati tugamasdan turib, ularni
qadrsizlanishi – asosiy fondlarning
ma’naviy eskirishi deb
ataladi. Ma’naviy eskirish asosiy fondlarning bahosini vaqti-
vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishni ko‘p jihatdan zarur qilib
qo‘yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almash-
tirish rejali ravishda eng kam mehnat va mablag‘ sarf qilish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin
eskirib, o‘z qiymatining ma’lum
qismini amortizatsiya
sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot qiymatiga
o‘tkazib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: