A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

11.2. Asosiy fondlarni baholash
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo‘lla-
niladi: 1) dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
Dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho (O
b
) asosiy
fondlarning sotib olingan bahosi (S
b
), asosiy fondlarni olib
kelish uchun qilingan transport xarajatlari (X
t
) va montaj
xarajatlari (X
m
)ni o‘z ichiga oladi.
O
b
 = S
b
 + X
t
 + X
m
.
Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish
fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy
xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich korxona (firma)
balansida hisobga olinadi. Ammo asosiy fondlarning dast-
labki to‘la qiymat orqali belgilangan bahosi ularning hajmini
va turli yillarda qurib ishga tushirilgan korxona (firma)lar
asosiy fondlarini taqqoslashda yetarli emas, shuning uchun
asosiy fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali
belgilangan bahodan foydalaniladi.
Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda
ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sha-
roitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Qiymatni
qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy
fondlarning jismoniy holati va ma’naviy eskirishini hisobga


78
olgan holda qayta baho qo‘yish orqali aniqlanadi. Asosiy
ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok
eta borib asta-sekin ishdan chiqa boradi, shuning uchun
ularga baho belgilashda ularning ishdan chiqish va yoyilish
qismi hisobga olinadi. Shu tufayli asosiy fondlarni baholashda
qolgan qiymati orqali belgilangan baho ham qo‘llaniladi.
U ikki xil baho bilan ifodalanadi: a) asosiy fondlarning
ishdan chiqqan qismini ularning dastlabki to‘la qiymatidan
ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat; b) asosiy fond-
larning ishdan chiqqan qismini ularning qaytadan tiklangan
qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat. Asosiy
fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qaytadan tiklash,
kapital remont qilish yoki modernizatsiya qilish natija
bermaydigan hollarda ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash
zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni ishdan
chiqarib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan,
ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni
(temir-tersak narxida) realizatsiya qilish bahosidir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling