A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
-mavzu. ISHLAB CHIQARISH QUVVATI VA
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ishlab chiqarish fondlari
11-mavzu. ISHLAB CHIQARISH QUVVATI VA
UNING KORXONA FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDAGI ROLI 11.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi Mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la qondirish asosiy va aylanma fondlar ahamiyati katta. Mamlakat sanoati, boshqa tarmoqlari, korxonalari qanchalik ko‘p resurslarga ega bo‘lsa, ulardan to‘la-to‘kis, oqilona foydalana olsa, al- batta buyuk davlatga aylanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyum- lari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob- uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etib, ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko‘ra asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda natural shaklini saqlagan holda o‘z 75 qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko‘ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmay- digan fondlarga ajratiladi. Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo‘ladi. Asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining har turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Kerakli mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitektura-qurilish obyektlari. Binolarga sexlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. 2. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishi uchun kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini o‘zgarishi bilan bog‘lanmagan texnik vazifalarni bajarilishi uchun mo‘ljal- langan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.). 3. Uzatuvchi uskunalar — bular har xil turdagi energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uskunalar. 4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: 76 — energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob- uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektroge- neratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari); — ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveerlar va boshqa turli yordamchi asbob- uskunalar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbob-uskunalari, labora- toriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi. 5. Тransport vositalari. 6. Ishlab chiqarish inventarlari. 7. Xo‘jalik inventarlari. 8. Boshqa asosiy fondlar. Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o‘zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o‘lchov va to‘g‘rilash asboblari, transport vositalari) kiradi. Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyum- lariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayo- nining normal o‘tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Asosiy fondlar tarkibini o‘rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi) masalasiga ham e’tibor berish kerak bo‘ladi. Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatidan nisbatga aytiladi. Asosiy fondlarning strukturasiga konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatsiyalashtirish, yangi korxonalar qurish va moder- nizatsiyalashga sarflangan kapital mablag‘larning texnologik 77 tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotning xususiyati va hajmi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan o‘rni ko‘proq bo‘ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling