A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Muomala aylanma fondlari korxonaning tayyor mahsulot
zahirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari,


87
shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari,
turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob
raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bo‘ladi
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma
mablag‘larining eng faol qismi bo‘lsa, muomala fondlari
ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda
yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu yerda umumiy qoida
shundayki, aylanma mablag‘lar doimo aylanishda bo‘lishi
zarur - ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga
ta’siri aynan shunda ko‘zga tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma
mablag‘larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga
quyidagilarni qamrab oladi:
ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish
jarayonida ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan
hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i,
xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar,
qadoqlash va o‘rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash
uchun ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan
tashkil topuvchi mehnat predmetlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada
tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish
jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish
va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni
to‘liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik
ishlov berilishi lozim bo‘lgan mehnat predmetlari;
— kelgusi davr xarajatlari — ayni paytda ishlab chiqari-
layotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan
yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish
xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish,
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalash-
tirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar).


88
Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy
qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi
o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling