A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

tuzilmasini tashkil qiladi.
Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli
tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida
ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi xom ashyo
va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi
farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqa-
rishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika
ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag‘lari tarkibi va tuzilmasiga
xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya
qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni korxona ishlab
chiqarish zahiralarini va aylanma mablag‘larning ta’minlan-
ganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur.
Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok
bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning
texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish,
zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat
kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim
ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi
va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi
hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik
va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan
iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan
moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi,
ya’ni pul-tovar (P-Т).


89
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni
tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma
mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan
ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib,
tovar shaklini oladi (Т).

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling