A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti
shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini
oladi (Т-P).
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan
o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda
aks ettirish mumkin:
1-bosqich — pul-tovar (P-Т);
2-bosqich — ishlab chiqarish (I.Ch);
3-bosqich — tovar-pul (Т-P).
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma
mablag‘lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul
mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab
chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida
mavjud bo‘lishi mumkin.
Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot ishlab
chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda
aylanma mablag‘lardan iloji boricha kamroq foydalanishda
ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari ayla-
nishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin
yetarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi.
Bu vazifa o‘z navbatida moddiy resurslar zahiralari va
xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga
oshirilmoqda.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning
uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa
resurslarning minimal, lekin yetarli zahiralarini shakllantirish
uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi.


90
U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davo-
miyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish
imkon yaratadi.
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish nafaqat
korxona uchun, balki butun xalq xo‘jaligi uchun ham katta
ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod qilinishi,
ijtiomiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko‘maklashadi va
iqtisodiy rejalashtirish sur’atini oshiradi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling