A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Korxonada rejalashtirish jarayoni


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

9.3. Korxonada rejalashtirish jarayoni
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan
taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi:
1. Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy
ravishda asoslab berilishi.
2. Rejadagi vazifalarning aniq va o‘z vaqtida bajarilishi,
ya’ni rejaning adresliligi.
3. Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga
olish, nazorat qilish va unga zarur hollarda o‘zgartirishlar
kiritish.
4. Ichki va tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni ijobiy qabul
qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro‘y bergan o‘zga-
rishlarga mos ravishda, o‘z vaqtida qayta tashkil qilish
(rejalashtirishning moslashuvchanligi).
5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo‘jalik yuritishning ilg‘or
tajribalariga tayanish.
Rejalashtirish davomida bugungi kundan tashqari,
kelajakni, ertangi kunni ham inobatga olish zarur. Korxona
istiqboli va bozordagi holatining barqarorligi, ko‘p jihatdan
uning ilg‘or texnika va fan yordamida yaratilgan eng yaxshi
mahsulotlar namunasini tezlik bilan o‘zlashtirib olish
qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli korxonalarda
axborot tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yish hamda reklama
faoliyatini rivojlantirish lozim. Reklama iste’molchilarni
(xaridorlarni) mavjud mahsulot bilan tanishtirishdan tashqari,
xuddi xorijdagi kabi, ularni aynan shu mahsulotni sotib
olishga undashi kerak.
Rejalashtirishning har bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lib, bu xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin:
— belgilangan rejalashtirish oralig‘ining aniqligi;


64
2-chizma. Korxonada rejalashtirish jarayoni
texnologiyasi.
Buyurtmalar portfeli
Rejadan oldingi ish (reja loyihasi)
Korxona rejasi
Bajaruvchilar
Tayyor mahsulot
(ish va xizmatlar)
Mahsulot (ish va xizmatlar
iste’molchilari)
Bajarish
muddatlari
Resurslar
— integratsiya va differensiatsiya darajasi, shuningdek,
rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlar miqdori;
— ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini hisob-kitob
qilish darajasining aniqligi;
— rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o‘rtasida
majburiyatlarni taqsimlash tartibi.
Rejalashtirishda «korxona-muhit-holat» munosabatlari
asosiy o‘ringa egadir. Bunda ishlab chiqarish shunday reja-
lashtiriladiki, natijada korxonaning bozordagi barqarorligini
saqlab qolish, yuzaga keladigan holat va tashqi muhitni
hisobga olishdan tashqari, mahsulotni tezda sotish va ishlab
chiqarish rentabelligining o‘sishiga imkon yaratiladi.


65

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling