A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
7.2. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish – bu mahsulot tayyorlash, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishni yirik kor- xonalarda to‘plash jarayoni hisoblanadi. Sanoatni konsentratsiyalashtirish texnologik, tashkiliy- xo‘jalik, zavodlarni yiriklashtirish va agregat shakllarida ifodalanadi. Agregat shaklida ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish — dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini yuqori darajaga hamda ma’lum xildagi mah- sulotlarni ishlab chiqarishning umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog‘ini ko‘paytirishdir. Bu jarayon yetakchi, ayniqsa, elektr energetika, metallurgiya, kimyo, yoqilg‘i va qurilish materiallari kabi tarmoqlarida qo‘laniladi. Konsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish 44 mumkin. Masalan, metallurgiyada — cho‘yan, po‘lat eritish, prokat ishlab chiqarish, to‘qimachilikda – yigirish, to‘qish, bo‘yash, mashinasozlikda — quyuv, mexanik ishlov berish, yig‘uv jarayonlarining mujassamlashish kabi jarayonlar kiradi. Korxonalar va ular tarkibidagi sex va uchastkalarni yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi ortib, mahsulot sifati yaxshilandi, yirik korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, kengaytirish, birlashmalarni tuzish yo‘li bilan erishiladi. Iqtisodiy rayonlarning industrial rivojlanish darajasi, tarkibidagi yirik, o‘rta hamda kichik sanoat korxonalarning salmog‘i bo‘yicha ifodalanadi. Sanoatni konsentratsiyalash masalalarini ma’lum mahsu- lotlarga ehtiyoj, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda erishiladigan iqtisodiy natijalarni e’tiborga olgan holda hal etish tavsiya etiladi. Korxonalar ishlab chiqarishning hajmiga binoan yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi. Ular bir biridan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning hajmi, asosiy fondlarning qiymati, xodimlarning soni bilan farqlanadi. Yirik, o‘rta va kichik korxonalarni qurish zaruriyati O‘zbe- kiston Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratishda vaqt omilining ahamiyati nihoyatda yuqoriligi bilan aniq- lanadi. Yirik, o‘rtacha va kichik korxonalar oqilona rivojlantiril- gandagina ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samarador- ligiga erishish mumkin. Bu vazifani hal etish ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirishga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun korxonalarning optimal yirikligini aniqlash kerak bo‘ladi. Optimal yiriklikdagi korxonalar deb, texnika taraq- qiyotining hozirgi davrida mahsulot ishlab chiqarilishi va 45 uni iste’molchilarga yetkazilishining minimal darajadagi ijtimoiy mehnat xarajatlari evaziga ta’minlaydigan korxona- larga aytiladi. Optimal yiriklikdagi korxonalar o‘zaro bog‘langan yirik, o‘rtacha va kichik ishlab chiqarishlarni o‘z ichiga olib, agar ularning har biri oqilona ixtisoslashgan bo‘lsa, yirik korxo- nalarning barcha afzalliklarini o‘zida saqlab qoladi. Demak, kelajakda O‘zbekistonda madaniylashgan, to‘laqonli, bozor iqtisodini yaratish, iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish jarayoni yirik va o‘rta korxonalarni oqilona uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda uni ratsional tashkil etish, jumladan, ixtisoslashtirish muhim ahamiyatga ega. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling