A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Ish haqi tushunchasi va uning mohiyatini tushuntirib Bering
2. Minimal ish haqi deganda nimani tushunasiz?
3. Тarif stavkasi deganda nimani tushunasiz?
4. Ish haqining qanday turlari va shakllari mavjud?
5. Ish haqiga qo‘shimchalar deganda nimani tushunasiz?


99
14-mavzu. ISHLAB CHIQARISHDA XARAJATLAR,
FOYDA VA DAROMADLILIK DARAJASI
14.1. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasi va uning tarkibi
Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga
bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omili sarf-
xarajatlar darajasi orqali hisoblanadi. Har qanday tovarni
ishlab chiqarish turli resurslarni sarflarini taqozo qilib, ular
ham ma’lum bahoga ega bo‘ladi. Bozorga taklif qiladigan
tovar miqdor iqtisodiy xarajatlar darajasiga, resurslardan
foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorda sotilish
baholariga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday korxona nafaqat
o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotish bilan birga
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-
xarajatlarni kamaytirishga intiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari yoki iqtisodiy xarajatlar
deganda, mahsulot ishlab chiqarishga qilinadigan barcha
iqtisodiy resurs sarflari tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-
harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi ma-
teriallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan harajatlar, asosiy
fondlar amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalari va boshqa harajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga
sarflanadigan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot
tannarxini tashkil qiladi.
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan
foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu


100
sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari
qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozor baholariga
taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga bog‘liqlik dara-
jasiga qarab xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar ham
farqlanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling