A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

15.3. Soliqlar funksiyasi
Soliqlarning asosiy mohiyatini ularning funksiyalari, yani
soliqlarning jamiyat va davlatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi
asosiy yo‘naltiruvchi kuch ekanligini ochib beradi.
Soliqlar bozor iqtisodiyotiga o‘tgan har bir davlatda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet munosabatlariga va shu bilan
birgalikda imtiyoz, jarima sistemalari orqali esa tovar (xizmat)
ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida
ishlatiladi.
Soliqlar orqali davlat o‘zining bir necha muommolarini
hal qiladi, jumladan:
— jamiyatning mavjud ehtiyojlari va uni qondirish uchun
zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasidagi tenglikka erishiladi;
— tabiat boyliklaridan unumli foydalanish uchun jari-
malar va boshqa turdagi chegaralar qo‘yish yo‘li bilan
tabiatga zararli bo‘lgan ishlab chiqarishlarni tarqalmasligiga
erishiladi;
— iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ko‘pgina turdagi
jamiyatning muammolari hal qilinadi.
Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Fiskal.
2. Ijtiomiy (qayta taqsimlash).
3. Izga solib turuvchi.
4. Nazorat qiluvchi.
5. Jamlovchi.


119
Тarixiy jihatdan soliqlarning birinchi bo‘lib fiskal
funksiyasi ko‘riladi, chunki soliqlar yordamida davlat
byudjetiga mablag‘ tushishi ta’minlanadi.
Soliqlarning ijtimoiy (qayta taqsimlash) har xil daro-
madga ega bo‘lgan aholini soliqqa tortish natijasida hosil
bo‘lgan jamiyat daromadlarini har xil toifadaga aholi o‘rtasida
qayta taqsimlashni o‘z ichiga oladi.
Soliqlarning keyingi funksiyasi — izga solib turuvchi
funksiyasi davlatning iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish
davrida kelib chikadi. U maqsadli ravishda hukumatning
dasturlari asosida xalq xo‘jaligining rivojlanishiga ta’sir etadi.
Bunda davlat soliqlarning shakli, soliq stavkalarining o‘z-
garishi, undirish usullari, imtiyozlar va chegirmalardan
foydalanib, tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘na-
lishlarini ajratib oladi. Ushbu soliqlarni izga solib turuvchi
funksiyasi yordamida davlat ishlab chiqarishga, uning
natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotga ta’sir etadi, bundan
tashqari, faoliyat turlari va ishlab chiqarishning jamiyat uchun
foydali bo‘lganlarini rag‘batlantiradi. Ko‘pgina davlatlar

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling