A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
15.2. Soliqlarni tasniflash
Soliqlarni har xil belgisiga qarab bir necha xil ko‘rinishda tasniflash mumkin. Soliqqa tortish obyektining to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. Bulardan birinchisi moddiy boylikni sotib olish va to‘plash jarayonida undirilsa, ikkinchisi uni sarf qilish jarayonida undiriladi. Bevosita soliqlar jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlaridan undiriladi, bilvosita soliqlar esa soliq sistemasining boshqa bo‘g‘iniga ko‘chirilgan bo‘lib, unda soliq yuki oxirgi foydalanuvchiga — haridorga ko‘chirilgan. 3-chizma. Soliqlarni tasniflash. Soliqlar Bevosita soliqlar Bilvosita soliqlar Shaxsiy daromad solig‘i Real mol-mulk solig‘i Universal QQS Individual aksiz Import bojxona bojlari 117 Bevosita soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq subyekti tomo- nidan to‘lanib, ko‘pgina holatlarda uning to‘lov qobiliyatiga qarab undiriladi. Bunga misol sifatida daromad solig‘ini, mol-mulk solig‘ini, ya’ni soliq to‘lovchining daromadidan yoki mulkidan undiriladigan soliqlarni olish mumkin. Bevosita soliqlar shaxsiy va real soliqlarga bo‘linadi. Shaxsiy soliqlar soliq to‘lovchining moliyaviy holatini va to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda uning haqiqatda topgan daromadidan undiriladi. Real soliqlar to‘lovchining moliyaviy holatini hisobga olmagan holda, uning faoliyatini yoki tovarlarini, ya’ni mol- mulkni sotish, sotib olish yoki foydalanishni (egalik qilishni) soliqqa tortadi. Shu bilan birgalikda, real soliqlar to‘lov- chining to‘lov holatini hisobga olmaydi. Bularga asosan mulk soliqlari (mol-mulk va yer soliqlari) kiradi. Bilvosita soliqlar yakka bilvosita, bunda odatda qatiy, ma’lum guruhdagi tovarlar soliqqa tortiladi (ma’lum bir turdagi aksiz tovarlari), universal bilvosita, bunda imtiyozi borlaridan tashqari hamma tovarlar, ishlar va xizmatlarga qo‘yilgan soliqlarga va bojxona bojlariga bo‘linadi. Soliqlarni o‘rnatish va yangilarini kiritish darajasiga qarab va ularni foydalanishiga qarab umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Umumdavlat soliqlari (masalan, daromad solig‘i, QQS va boshqalar) — davlat byudjetiga tushadi, mahalliy soliqlar esa hududiy byudjetlarga (masalan, mol-mulk, yer soliqlari va boshqalar) tushadi. Mahalliy soliqlarni kiritishdan asosiy maqsad shahar, tuman va boshqa administrativ-hududiy birliklarning mahalliy byudjetlarni daromad qismini mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat. Soliqlarni soliqqa tortish subyektiga qarab ham bo‘lish mumkin: jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar. Ko‘pgina soliqlar (masalan, daromad solig‘i, mol- 118 mulk solig‘i, yer solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar) ikkala subyektlar uchun umumiy, ammo ba’zi soliqlar mavjudki, ular (masalan, QQS, respublikada ishlab chiqarilgan aksiz tovarlari uchun aksiz solig‘i va boshqalar) faqat yuridik shaxslardan undiriladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling