A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


-mavzu. KORXONINING TIJORAT SIRI VA


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

16-mavzu. KORXONINING TIJORAT SIRI VA
BANKROTLIK HOLATI
16.1. Korxona mustaqilligi va tijorat siri
Xavfsizlik murakkab va serqirra kategoriya, u ko‘pincha
ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi
nuqtayi nazaridan baholanadi va ko‘rib chiqiladi.
Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi
bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot korxonalar
iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari
quyidagilardan iborat:
— korxona va uning barcha bo‘linmalari, mehnat
jamoasining o‘zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini
himoya qilish;
— korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli
foydalanish;
— ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi
bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;
— barcha tuzilmaviy bo‘g‘inlardagi xodimlar orasida
mehnat intizomini mustahkamlash;
— mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va
ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash;
— ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foyda-
lanish, samarali
— axborot bazasini rivojlantirish;
— korxona obro‘sini oshirish.


122
Ko‘rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona
xavfsizligini ta’minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning
ichki tartib-qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab
chiqilgan chora-tadbirlarda o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.
Xavfsizlik tamoyillari — xavfsizlikni ta’minlash taktika
va strategiyasiga bo‘lgan asosiy talablar orqasi xavfsizlikning
maqsad va vazifalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini tanlash
hisoblanadi.
Xavfsizlik tamoyili birinchidan, korxonaning maqsad va
vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga
bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi
muhit ta’sirini inobatga olishi zarur.
Shu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim
yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-
tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo,
mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Bunday
faoliyat turlari quydagilar:
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskuna-
larini qo‘riqlash tartibini ta’minlash.
2. Тezkor xavfsizlik – mahfiy axborotlarga bo‘lgan vako-
latni boshqarish, kelib-ketuvchilar, transport va yuk tashishni
nazorat qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash.
3. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat —
personalni tayyorlash va o‘qitish, taftish va nazorat,
muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-
tadbirlarni ishlab chiqish.
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar
bilan kurash - yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi
va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va
hokazolar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling