120
uchun
bular quyidagi sohalarni, ya’ni kichik va o‘rta
tadbirkorlikni
rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan va
import o‘rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish, ilmiy
texnika rivojlanishini rag‘batlantirish, transport va boshqalarni
rivojlantirishdan iboratdir.
Izga solib turuvchi funksiyaning asosiy ma’nosi bu iste’mol
uchun yo‘naltirilgan
resurslarni soliqqa tortib,
ishlab
chiqarishni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan resurslarni
soliqdan ozod qilishdir.
Navbatdagi funksiya —
nazorat qilish funksiyasi bo‘lib,
u byudjetga undiralayotgan soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida va
to‘liq tushishini nazorat qilish bilan birga, ularni moliyaviy
resurslarga bo‘lgan talablar bilan taqqoslaydi. Ushbu funksiya
orqali soliq siyosatini byudjet siyosatiga moslab olib borish
zaruriyati aniqlanadi.
Bu funksiya davlatlar xo‘jaliklarining
rivojlanishi na-
tijasida milliy iqtisodiyotning o‘zaro munosabati va dunyo
xo‘jalik hayotida har tomonlama integratsiya jarayonlarini
kuchayishida namoyon bo‘ldi.
Soliqlar o‘zaro qo‘shni, xo‘jalik
va siyosiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat uchun
yagona iqtisodiy maydon tashkil etishda asosiy vosita sifatida
xizmat qilmoqda.
Nazorat savollari
1. Soliqlarni tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati.
2. Soliq turlari.
3. Jismoniy va yuridik shaxslar deganda kimlarni tushunasiz?
4. Soliq stavkasi deganda nimani tushunasiz?
5. Soliq tizimidagi imtiyozlarga nimalar kiradi?