A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

14.4. Rentabellik mohiyati
Rentabellik korxona faoliyati va kapital qo‘yilmalar
iqtisodiy samaradorligining asosiy mezoni, korxona va
xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarni baholashning ko‘rsatkichi
bo‘lib xizmat qiladi.


110
Yangi sharoitlarda yuqori moliyaviy natijalarga erishish
sezilarli darajada ortib bormoqda.
Har qanday xo‘jalik mexanizmi uchun asos bo‘lib korxona
faoliyatini rejalashtirish va unga obyektiv baho berish, ta’lim
olish, mehnatga haq to‘lash va iqtisodiy rag‘batlantirish
fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli
bosqichlarida xarajat va natijalarni solishtirish ko‘rsatkichlari
xizmat qiladi.
Foyda korxona samaradorligining yagona va universal
ko‘rsatkichi emas.
Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va
intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko‘rsat-
kichlari tizimi keng qo‘llanib, unga ko‘ra foydaning miqdori
belgilangan bo‘lib, rentabellik daromadlilik, foydalilikni
anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul
qilish uning iqtisodiy mohiyatini to‘liq ochib bermaydi.
Ular o‘rtasida tenglikning yo‘qligi daromad miqdori va
rentabellik darajasini turli nisbatlarda, o‘lchanishi dalolat
beradi.
Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
hisoblash ko‘plab turli xil omillar ta’siri ostida amalga
oshiriladi.
Rentabellik va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda
ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni
bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlariga ta’sirini hisoblash uslubiyatini egallash
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali
korxonada daromadni oshirish zahiralarini izlab topish va
rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexa-
nizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni turli
xil belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar


111
ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki omillarga korxona
faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan hamda korxona faoliyatining turli
yo‘nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo‘ladi. Тashqi
omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, biroq ishlab
chiqarish rentabelligi va daromadning o‘sish sur’atiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Тahlil
jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik
ko‘rsatkichlarini tashqi ta’sirlardan «tozalash» imkonini
beradi hamda korxona yutuqlarini obyektiv baholashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z navbatida, ichki omillar ham ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish omillariga bo‘linadi. Noishlab chiqarish
omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning
tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida
ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari
— mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o‘zi
— mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.
Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot
ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog‘liq bo‘lgan
korxonalarda bu omillar o‘zaro aloqada va bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini
tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona
mahsulotni sotish natijasida o‘z xarajatlarini qoplashdan
tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik
foyda keltirishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlarning iqtisodiy
turlanishi (interpretasiyasi) yaqqol ko‘zga tashlanadi: sarflangan
har bir so‘m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so‘m
foyda to‘g‘ri keladi (hisob-kitoblarda korxonaning balans
yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).


112
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko‘ra tahlil
qilishda asosli xulosalarga kelish uchun zarur bo‘ladigan
uchta xususiyatni inobatga olish zarur.
Korxonada rentabellikni asosan ikki ko‘rsatkichdan
foydalaniladi.
Sotish rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi
qancha sof foyda keltirganini aks ettiradi.
Xususiy kapital rentabelligi korxona mulkdorlari ya’ni,
egalari kiritgan kapitaldan foydalanish samaradorligini
aniqlash va bu ko‘rsatkichni xuddi shu mablag‘larni boshqa
qimmatbaho qog‘ozlarga kiritganda olish mumkin bo‘lgan
foyda bilan taqqoslash imkonini beradi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling