A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
Qarorlar daraxti. Atama o‘z nomini daraxtsimon
maksimal tuzilishidan olgan. Umuman, bunday chizmalarni (sxema) o‘zini qoplash jadvali o‘rniga ham ishlatish mumkin, ayniqsa ular ketma-ket qarorlar qabul qilish zarur bo‘lgan vaziyatlarning tahlilida foydalidir. Masalan, avvalo kichik quvvatli ishlab chiqarish tanalanadi. Keyin talab kutilgandan yuqori ekanligi aniqlanadi. Bu holda menejerlarning 2 qa- rorni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi: mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada intensivroq foydalanish yoki qo‘shim- cha ishlab chiqarish quvvatlarini kiritish. Qarorlar daraxti bir necha tarmoqlarga bo‘linib ketgan qator tugunlardan tashkil topadi. Kvadratlar qaror qabul qilish punktlarini bildiradi, aylanalar esa bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bildiradi. Daraxt chapdan o‘ngga «qo‘iladi» Kvadrat tugunlardan chiquvchi tarmoqlar muqobil 189 varinatlarni bildiradi; aylana tugunlardan chiquvchi tarmoqlar (tarqaluvchi) bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bildiradi. (ya’ni bo‘lishi mumkin bo‘lgan shartlar). Qarorlar daraxti qurib bo‘lingach, o‘ngdan chapga (quyidan yuqoriga) qarab tahlil qilinadi, ya’ni eng oxirgi qabul qilingan qarordan boshlash kerak. Har bir qaror uchun katta qaytim ko‘rsatkichli muqobil variant tanlanadi (yoki eng kam harajatli). Agar qator qabul qilganingizdan so‘ng bir necha mumkin bo‘lgan hodisalar varianti paydo bo‘ladigan bo‘lsa, kutilayotgan ko‘p foydali muqobil variantni tanlang (yoki kutilayotgan eng kam harajatlisini tanlang). Qarorlar daraxtini tahlil qiling va maksimal foydaga ega bo‘lish uchun qaysi muqobil variantni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yoki ularni ko‘paytirishdan voz kechish tanlash kerakligini aniqlang. Qarorlar realizatsiya qilinsa va ehtimolli hodisalar yuz bersa, kutilayotgan foyda rejalashtiriladi. Qarorni o‘ngdan chapga tahlil qiling: 1) Har bir mumkin bo‘lgan 2 qaror uchun muqobil variant tanlanishini aniqlang; 2) Mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning oxirgi para- metrlarini va ularning qolgan tarmoqlarda o‘zini qoplashligini aniqlang; 3) Har bir boshlang‘ich muqobil variant uchun kutila- yotgan foydani aniqlang. Qaror qabul qilish ishlab chiqarish va operatsiyalarini boshqaruvining asosiy qismidir. Qarorlar nazariyasi – bu qaror qabul qilishga umumiy yondoshuvdir. Qarorlar nazariyasi tasniflash mumkin bo‘lgan turli usullarni o‘z ichiga oladi. Hal qilinadigan muammolarni tahlili uchun ko‘rgazmali grafik instrumentlari – turli grafik bog‘liqlik turlari qarorlar daraxti va boshqalar mavjud. 190 Korxonalarning bozorga chiqishida texnologiyaning egri chizig‘i rivojlanish va o‘quv mashg‘ulotlari grafigi ko‘pincha strategik ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, korxona o‘z o‘rnini tez zabt qilmoqchi bo‘lgan hollarda. Bozor ulushining ortishi qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmini barpo qilishga, bir birlik mahsulotning tannarxini kichraytirishga va bu jarayonda qo‘shimcha raqobatbardosh hususiyatlarini orttirishga olib keladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling