A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Laplas mezonlari bo‘yicha hisoblar natijalari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Laplas mezonlari bo‘yicha hisoblar natijalari
Hamma qatorning
Har bir qatorning
yig‘indisi,
o‘rtachasi,
ming so‘m
ming so‘m
Kichik quvvatli
300
100,00
O‘rta quvvatli
310
100,33
Katta quvvatli
140
46,66
Laplas nazariyasiga ko‘ra eng ko‘p ahamiyatini o‘rta
quvvatli ishlab chiqarish egallaydi, shuningdek, aynan u
tanlanadi.
Тavakkalchilik shartida qaror qabul qilish. Aniqlik va
noaniqlik orasida har bir shartning paydo bo‘lish ehtimolligini
baholash mumkin bo‘lgan tovakkalchilikka asoslangan qaror
qabul qilish holati mavjud bo‘ladi.
Bunday holatlarda keng qo‘llaniladigan yondoshuv ku-
tilayotgan foyda mezonlaridir.
Kutilayotgan foyda har bir muqobil variant uchun hisob-
lanadi va shundan keyingina eng katta ko‘rsatkichli muqobil
variant tanlab olinadi. Kutilayotgan foyda har bir muqobil
foydasining qiymatlari yig‘indisini tashkil etadi, shu bilan
birga har bir qiymat tegishli shart ehtimolligi nuqtayi-na-
zaridan taroziga solinadi.
Shu tarzda, kutilayotgan foyda mezonlarining ishlatib,
har qaysi muqobil variantdan kelishi mo‘ljallangan foyda
qiymatini aniqlash, hamda eng katta qiymatli foyda kelti-
ruvchi variantni tanlash mumkin.
Kutilayotgan foyda (K
f
) mezonlaridan foydalanib, 4-jad-
val ma’lumotlari asosida quyidagi ehtimolliklarda eng yaxshi


188
muqobil varinatni aniqlang. Past talab -0,30; o‘rta talab –
0,50; yuqori talab – 0,20
1. Har bir muqobil variantdan kutilayotgan foizni paydo
bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir shart ehtimolligi ko‘rsat-
kichini ushbu shartga to‘g‘ri keladigan foyda hajmi
ko‘rsatkichiga ko‘paytirib keyin ularni qo‘shib topish;
K
f
past 
= 0,30 × 100 + 0,50 × 100 + 0,20 × 100 = 100 ming so‘m;
K
f
o‘rta 
= 0,30 × 70 + 0,50 × 120 + 0,20 × 120 = 105 ming so‘m;
K
f
yuqori 
= 0,30 × (-40) + 0,50 × 20 + 0,20 × 160 = 30 ming so‘m;
Shunday qilib, o‘rta quvvatli ishlab chiqarishga asoslangan
muqobil variantni tanlash kerak, chunki ko‘rsatkichi eng
yuqori.
Bunday yondoshuv ko‘proq oqlangan: Qaror qabul
qiluvchi tavakkalga harakat qilmaydi. Lekin tavakkaldan
qochmaydi, aksincha unga yondashadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling