A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Qaror qabul qilishining shart va cheklovlari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
Qaror qabul qilishining shart va cheklovlari. Menejerning
barcha sa’y-harakatlariga qaramasdan qaror kutilmagan holatlar tufayli muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkin. Ba’zan ushbu vaziyat menejerning ish uslubi tufayli sodir bo‘ladi, masalan, uning qarorlarni tez qabul qilishi yoki oqibatlarni ko‘ra olmasligi kabilarni keltirish mumkin. Menejerlar hisobga olishi kerak bo‘lgan boshqa omil- ob’ektiv cheklovlarga moddiy vositalar, insoniy imkoniyatlar, 181 ish kuchi, muddatlar, texnologiyalar, axborotlar va boshqalar kiradi. Yuqoridagi cheklovlar tufayli menejerlar ko‘pincha maksimal foyda olish nuqtai nazaridan optimal qarorni topa olmaydi. Buning qrniga ular o‘rtacha qoniqarli qaror bilan kifoyalanishiga to‘g‘ri keladi. Muvaffaqiyatsiz qarorlarning boshqa sababi shundaki, korxonalar odatda muayayn mezonlar bo‘yicha optimal- lashtirish o‘tkaziladigan doiradagi bo‘limlar hajmidagi muammolarni ko‘rib chiqadi (subpozitsiya). Bu turli bo‘limlarning o‘zlariga qulay bo‘lishi uchun qaror tayyor- lashga qilingan urinishlaridir. Lekin bir bo‘limga qulay bo‘lgan qaror, boshqa bo‘limlar uchun noqulay bo‘lishi mumkin. Shu kabi xatolar ko‘pincha logistik tizimni joriy qilishda yetarlicha paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar shartlari aniqlik va muayyanlik daraja- lariga ko‘ra tasniflanadi. Bunda 3 ta asosiy kategoriyalar mavjud bo‘lib, ular: aniqlik, tavakkalchilik va noaniqlik. Aniqlik ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ning muhim parametr-larini bildiradi, masalan harajatlar, ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarish ehtiyoji bizga ma’lum ko‘rsat- kichlaridir. Тavakkalchilik — ba’zi parametrlar ehtimolligini bildiradi. Noaniqlik – bo‘lg‘usi voqealarning ehtimolligini aniq baholash mumkin emasligini bildiradi. 1. Bir birlik foyda – 50 so‘m, 100 birlikka buyurtma mavjud qancha foyda olasiz? (Bu aniqlikka misol, chunki bir birlikdan foyda va umumiy ehtiyoj bizga ma’lum). 2. Bir birlikdan foyda – 50 so‘m. Oldingi tajribaga asoslanib 20 ta buyurtma olinishinining 50% li ehtimoli va 100 (ta) birlik buyurtma olinishining 50% li ehtimoli mavjud. 182 Kutilayotgan foyda (daromad) qancha? (Bu tavakkalchilikka misol, chunki ehtiyojlarning ko‘rsatkichlari ehtimolidir). 3. Bir birlikdan foyda 50 so‘m. Potensial talab ehtimol- liklari ma’lum emas. (Bu noaniqlikka misol). Har uchala mumkin bo‘lgan shart qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos usullarini talab qiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling