180
mumkin bo‘lgan muqobil variantlarni puxta namoyon qilishga
qilingan harakatlar zoye ketmaydi.
Muqobil variantlarni tahlil qilish va taqqoslash uchun
ko‘pincha matematik yoki statistik usullar qo‘llaniladi. Eng
yaxshi muqobilni tanlovi e’tiborga
olingan maqsad va
mezonlarga bog‘liq bo‘ladi.
Qarorlarni realizatsiyasi va natijalarni nazorati. Qaror-
larning realizatsiyasi tanlangan muqobil, belgilab qo‘yilgan
ishlarni bajarilishini bildiradi. Masalan, asbob-uskunalarni
sotib olish, yangi mahsulot ishlab chiqarishni boshlash, ish
vaqtidan
tashqari vaqtdan foydalanish,
ichki va tashqi
muhitda o‘zgarishlarni kutish.
Qarorning samaradorligi uning amalga oshirilish natija-
larini nazoratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar istalgan natijalar bo‘l-
masa, u holda jarayon tekshirilishi uning, ijrosida hisob-
kitoblarda yoki noto‘g‘ri boshlang‘ich
asosli farazlarda
hatolarni aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Ushbu holatda vaziyatni tezda to‘g‘irlash mumkin. Qaror-
larning realizatsiyasi jarayoni
har doim ham ketma-ket
amalga oshirilmaydi. Odatda, orqaga qaytishga va hammasini
boshdan boshlashga, ayniqsa, muqobil
variantlarni ishlab
chiqishni tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Masalan, agar bironta
ham muqobil variantlar istalgan natija berolmasa, qo‘shimcha
muqobil variantlar ishlab chiqilishi zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: