A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi omil.
- Ikkinchi omil.
- Misol.
Egri tajriba (o‘zlashtirish). Egri tajribani yuzaga kelti-
rishda shunga asoslanishadiki, eng raqobatbardosh korxo- na bu - har qanday teng sharoitda eng kam xarajatlarga ega bo‘ladi. Egri tajriba modeli 30 yillarda paydo bo‘lib, u yoki bu mahsulot ishlab chiqarishdagi to‘plangan tajribalar bilan xarajatlar yig‘indisi o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsatadi. Bu aloqa shundan iboratki, ishlab chiqarish hajmining oshishi birlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining ma’lum foiz hajmidagi xarajatlarning kamayishini anglatadi. Ikki karrali logarifmli shkalada bu egri tajribalar bukilish burchakli to‘g‘ri chiziqlarga aylanib, xarajatlar pasayishi doimiy sur’atini ko‘rsatadi. Mehnat xarajatlari material xarajatlariga nisbatan katta miqdorda pasayadi. Amerikalik olim Raytaning egri mehnat xarajatlari tajribasi bitta buyum tayyorlashdagi mehnat talab sarfining kamayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu samara uch omil bilan tushuntiriladi. Birinchi omil. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yuqori samarali texnik uskunalar qo‘llash va mahsulot birligi egri xarajatlarning kamayishi hisobiga mehnat samaradorligini o‘sishiga olib keladi. 174 Ikkinchi omil. Xodimlarni ishlab chiqarish ni o‘zlash- tirish davrida o‘qitish mehnat samaradorligini oshirishga imkon yaratdi. Uchinchi omil. Mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha kiri- tilgan ishlab chiqarish hajmini oshirishga, mahsulotga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga ta’sir etuv- chi yangiliklar. Agar yangiliklar yetarlicha jiddiy bo‘lsa, uning ko‘magida korxona bozorda yetakchilikni egallashi mumkin. Egri tajriba model yoki jadval yordaimda hisoblanishi mumkin. Bitta tovar namunasi Т n quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Т n = Т 1 × n e . Т n — birlik mahsulot ishlab chiqarish mehnat sarfi. Т 1 – birinchi mahsulot birligi ishlab chiqarish mehnat sarfi n – mahsulot 1 ta namunasining tartib raqami. e – mehnat sarfi o‘zgarishi elastik ko‘rsatkichi. Misol. Ma’lumki, doimiy ishlab chiqarish faoliyati 80% li egri tajribaga ega. Bitta mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ishchiga 10 soat vaqt kerak bo‘ldi. Yechish. Har safar hajmi 2 barobar oshib boradi. Bu miqdorda 1 ta birlikka sarflangan vaqt taxminan o‘tgan vaqtga o‘qitish ko‘rsatkichiga ko‘paytirilganga teng bo‘ladi. (bizning misolimizda — 0,8). Agar menejer o‘qitish vaziyatida i/ch hajmi o‘zgarishlari istiqbolini bilsa, u qancha ishchi kuchi kerak bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilishda qiynalmaydi. Faqat bosh- lang‘ich ko‘rsatkichlariga asoslangan qarorlar aniq bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling