A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


 Hamkorlikni boshqarish va tashkil qilish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

19.3. Hamkorlikni boshqarish va tashkil qilish
Strategik hamkorlikni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
bosqich yoki jarayonni belgilovchi hayotiy siklni qo‘rib
chiqish hammasi uchun xarakterlidir. Misol uchun, bir
turdagi strategik hamkorlikning strategik kooperatsiyasini
boshqarish va tashkil qilish yuzasidan ko‘rib chiqamiz.
1. Aniq bir maqsad qo‘yish va hamkorni tanlash.
2. Muzokaralar va kelishuvlarni natijasi.
3. Kooperatsiyani boshqarish.
4. Natijalarni erishish va kooperatsiyani tugatish.
Maqsad qo‘yish va hamkor tanlash. Agar korxona texno-
logik yangiliklarni belgilayotgan, bozordan joy qidirayotgan
bo‘lsa marketing tadqiqotlarini olib borayotib yaxshi
hamkorni topishi lozim.Kuchsiz hamkor kooperatsiyaga naf
olib kelmasligi va sizning hisobingizdan ishlab chiqarishni
va yangiliklarni o‘rganishi mumkin. Bu texnologiyani


166
o‘rganish va raqobatbardoshlik bilan bog‘liqdir u foyda
keltirish o‘rniga faqat zarar keltirishi mumkin.
Kelishuvni nihoyalash va kooperatsiyani boshqarish.
Muzokara jarayonida takliflarni kiritish va muammolarni
aniqlashdan boshlanadi. Konsensus sohasi aniqlanadi va
bir-birni to‘ldiruvchi struktura jarayonlari tashkil etiladi.
Strategik ehtiyoj va jarayonlar aniqlanadi. Strategik koope-
ratsiyaning maqsadi xarajatlarni bo‘lish tavakkalchilikni
pasaytirish hisoblanadi lekin texnologik yangiliklar bunga
to‘sqinlik qilishi mumkin.
Kooperatsiya bir turdagi tovar turini ishlab chiqarish
uchun tuziladi, lekin uning yashirin maqsadi hamkorning
texnologik mazmunini bilish uning yangiliklarini va
texnologiyasini boshqa sohalarga qo‘llashi ham mumkin.
Koooperatsiyani qo‘llash va tugatish. Hamkorlikni ishlab
chiqarish va texnologiyalar bilan boyitish bilan bog‘liq
bo‘lganda qo‘shma ishlab chiqarishga e’tiborni qaratish kerak.
Muhim omil bo‘lib tashkiliy muammolar, savdo-sotiq,
homiylarini aniqlash jarayonini rejalashtirish va qo‘shma
ishlab chiqarish uchun yo‘nalishlar hisoblanadi. Bu jarayonda
rejalashtirish, marketing bo‘limlari va ishlab chiqaruvchilar
muhim rol o‘ynaydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling