A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20 - mavzu . BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH 20.1.Ishlab chiqarish va marketing qarorlari
Nazorat savollari
1. Strategik hamkorlik nima? 2. Strategik hamkorlikdagi umumiy ustunliklar nimada? 3. Integratsiya deganda nimani tushunasiz? 4. Integratsiyaga ta’sir etuvchi omillar qaysilar? 5. Тashkil topishning qanday integratsion yo‘llarini bilasiz? 6. Strategik hamkorlik turlarini ayting. 7. Alyans nimani anglatadi? 8. Vertikal aloqalarning salbiy taraflari bormi? 167 20- mavzu. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH 20.1.Ishlab chiqarish va marketing qarorlari Ishlab chiqarish funksiyalari qarorlarini qabul qilishda jiddiy ta’sir etib, uni tashkil etish bo‘yicha va undan ko‘riladigan samaraga (ayniqsa, tashkilot rivojlanishi tanlashda, uning infrastrukturasini, ishlab chiqarishga investitsiyalarni amalga oshirishda) uzoq muddatda erishiladi va tashkilotning yashab qolishda, muvaffaqiyatli faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish menejerlari tashkilot qarorlarini qabul qilishga uning boshlang‘ich bosqichidan jalb etilishi zarur. Qarorlar misol uchun ishlab chiqariladigan mahsulotni tanlash, tashkil etuvchi komponentlarni chetdan olish bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Investitsiya hajmi, texnik jihozlar, ishchi kuchi tashkilotning uzoq muddatli maqsad va vazifalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ko‘p yillar davomida jahon bozorida vaziyat shunday yuzaga keldiki, bunda korxonalarga o‘zlari ishlab chiqa- rayotgan mahsulotlari assortimentini kengaytirish bilan, talabni to‘liqroq qondirish foydali bo‘lib qolib, bu maqsad ular faoliyatining asosiy marketing strategiyasiga aylandi. Marketing nuqtai nazaridan qanchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, shunchalik aniq ustunlikka erishish ko‘proq mukin bo‘ladi, ishlab chiqarish nuqtai nazaridan esa, teskarisi ishlab chiqariladigan mahsulotlar doirasi qanchalik 168 tor bo‘lsa, ishlab chiqarish quvvatlarini shunchalik samarali ishlatish mumkin. Mahsulot assortimenti shunday tanlanishi kerakki, mavjud texnologik jihozlar samarali foydalanishi mumkin bo‘lsin. Misol, vaziyat shu bilan murakkablashadiki, odatda ishlab chiqarish menejerlari o‘z funksiyalarini samarali bajarishlari uchun sexdagi maxsus ta’lim olmagan ishlab chiqarish xodimlarini jalb etiladi. Amalda ularning majbu- riyatlariga uzoq muddatli strategiyalarni hisobga olinmay- digan kundalik ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish kiradi. Shuning uchun yuqori zveno rahbarlari doimo korxonaning rivojlanishi strategik maqsadlariga erishishiga qiziqishlari tufayli marketing va ishlab chiqarish qarorlari o‘rtasida kompromisga erishiladi. Sotuv va marketing bo‘limlari uchun samaradorlik mahsulotlar turiga bog‘liq bo‘lmagan sotilgan mahsulotlar umumiy hajmi bilan aniqlanadi. Lekin ishlab chiqarishda xarajatlar mahsulot assortimentiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun har xil turdagi sotilgan mahsulotlar hajmi va ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar hajmi o‘rtasidagi proporsiyani saqlash muhim. Marketing bo‘limi doimo ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi yoki o‘zgarishlar tarkibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishchi zarurki, bozordagi o‘zgarishlar va ular ortidan ishlab chiqarish qobiliyatlari o‘rtasidagi aloqa saqlanib qolsin. O‘z navbatida ishlab chiqarish menejerlari ishlab chiqarish da resurslarni shunday mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirishlari kerakki, bunday mahsulotlarga bozorda talab katta bo‘lib, korxonaning faoliyati yuqori samaradorlikka erishsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling