A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Тashkiliy qarorlarning ushlab turish va o‘sish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
Тashkiliy qarorlarning ushlab turish va o‘sish
strategiyasi Тas hkiliy qarorlarning ushlab turish va o‘sish strategiyasi sharoitidagi raqobat ustunligi Ushlab turish strategiyasi. O‘sish strategiyasi. Тo‘lamaslik muammosini yechish. Quyidagilarni qo‘llab faoliyat sohalariga hamkorlikda egalik qilish yoki almashtirish. — savdo belgisidan foydalanish. — mavjud ta’minot kanallaridan foydalanish. — texnologiyalarni qayta ishlash xarajatlarini taqsimlash. — servis hujjatlarini qo‘llash. — yangi tovarlar texnologiya- larni va NIOKR ning imko- niyatlarini qo‘llash. — ortiqcha kuvvatlarni qo‘llash. — masshtablarda tejashni qo‘llash. Ishlab chiqarish zanjirida kam- chilaklarni to‘ldirish. Mustaqillikni saqlash. Yangi sfera va bozorlarda faoliyatini tarqatish. — Тavakkalchilikni qisqartirish — aktivlarni likvidligi — birikishlarni oldini olish — o‘sish va kengayishni kutish — yangi texnologiyalarni qabul qilish — hamkorlik bozorida tovar hajmini oshirish Yangi mahsulot yaratish Yangi ishlab chiqarish va texno- logiya standartlarini ishlab chiqish Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Sinergiya natijasiga erishish Boshqalar 161 strategik hamkorlikdagi tashkilotlar uchun yordamchi texnologiya va tavvakkalchilikda muxim omili xisoblanadi. Тexnologik muammolar yirik va shuning bilan birga kichik va o‘rta biznesda ham kuzatiladi. Ko‘pchilik raqobat ustunligiga ixtisoslashgan tashkilotlar bu natijaga yirik tashkilotlar bilan kelishish hisobiga erishadi. Bunda birin- chidan, texnologiyaga ixtisoslashgani uchun va ikkinchidan ishlab chiqarish kuvvati hisobigia qayta ishlashga ketadigan vaqtni tejash hisobiga ijobiy natijalarga olib keladi. Yirik masshtabda faoliyat olib beruvchi tashkilotlar uchun kichik firmalar bilan hamkorlik qilish iqtisodiy va strategik ustunliklar yaratadi. Hamkorlik tufayli kichik xarajatlar bilan ishlab chiqarish siklini, shuningdek moliyaviy rusurslarni boshqa strategik sohalar tadqiqot va marketing mahsulotlarini yaratishlarga sarf qilish uchun imkoniyat yaratadi. Kichik firmalar yirik korxonalarga ish kuchi bilan bog‘liq muammosi bor sohalarda yordam beradi. Kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar uchun hamkorlik doimiy daromad uchun mustahkam aloqalar demakdir. Shunday qilib, kichik korxonalar moliyaviy ta’minotga ega bo‘lsa, yirik korxonalar ixtisoslashgan texnologiyalarga ega bo‘ladi. Raqobat uchun bo‘lgan moliyaviy ehtiyojlar birlashmalarning bozordagi ustunliklariga sabab bo‘ladi. Natijada ko‘plab tashkilotlar raqobatlashish uchun yoki moliyaviy yo‘qotishlarning ehtimolini pasaytirish uchun hamkor qidiradilar Bozorlarga yo‘l. Hamkorlik bozorlarga yo‘l ochish nuqtai nazaridan ham muhimdir. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar odatda chakana va ulgurji savdogarlar tomonidan taqsimla- nadi. Bu vertikal kanallar talab va takliflarning tarqalishi uchun muhimdir. Keyinchalik yirik raqobatlashuvchi tashki- lotlar global bozorlarga yul ochish va mahalliy bozorlardagi 162 segmentlarni qo‘lga kiritish uchun gorizontal hamkorlik yaratiladi. Bu kabi marketing kelishuvlari hamkorligi ana’naviy kanallar tarqalishini va xalkaro bozorlarga yo‘l ochishda ustunlikka egalik qilishni qo‘lga kiritishni kengaytirdi. Infarmatsion texnologiyalar. Infarmatsion texnologiyalar xarajat va samaradorlik nuqtai nazaridan tashkiliy aloqalarni yaratishga imkon beradi. Infarmatsion texnologiyalardagi yangiliklar ichki va tashkilotlararo kommunikasiyalar uchun muhim resurslar bilan aloqalar samaradorligi oshiriladi. Informatsion texnologiyalarni tashkilotlarga singdirish g‘arbiy texnologiya resuslarini kirib kelishidagi bir qancha to‘siqlarni olib tashlaydi. Xatlarni elektron pochta orqali yuborish mah- sulot ishlab chiqarishda samaralirok bo‘lmoqda. Informatsion texnologiya bilan har qanday masofa orqali aloqa qilish mumkin. Shunday qilib raqobatbardoshlik va texnologik tashqi muhitni rivojlantirish bo‘yicha ichki harakatlarni va kommunikatsiyani yaratishda tashki hamkorlar bilan aloqani talab qiladi. Strategik hamkorlik avtomobilsozlik, samolyotsozlik, aviodvigetellar, dori mahsulotlari sohasida qo‘llaniladi. Kompyuter texnologiyalarining paydo bo‘lishi, uzoq masofa- larga xizmat qiluvchi aloqalarni rivojlanishi bu sohada katta yutuqlarga erishishga sabab bo‘lmoqda. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling